Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

B
12 
eng kuchli antianemik omillardan biri hisoblanadi, agar u yetishmasa, 
odamda xatarli anemiya (Addison-Birmer kasalligi) rivojlanadi. 
Tajriba yo‗li bilan isbotlanganki, bu vitamin aminokislota va oqsil 
almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Masalan, ratsioni tarkibiga
 B
12
vitamini 
kiritilgan
 
eksperimental hayvonlarning jigarida umumiy azot va nuklein 
kislotalarning miqdorini oshishi va siydikchilning miqdorini normallashuvi 
kuzatilgan. 
B
12
vitamini purin asoslarini sintezlanishida katalizator sifatida 
qatnashadi deyish mumkin. Bu vitamin uglevodlar va yog‗larning almashinuvida 


209 
ishtirok etadi. 
B
12
vitamini fol kislotani faol shaklga aylanishida va karotinning 
ichak devorlari orqali so‗rilishida ishtirok etadi. Organizmda uning asosiy 
yig‗iladigan joyi jigar hisoblanadi. 
Shunday qilib, kobalamin gematopoezni va uni boshqarilishi jarayonlarida, 
oqsillar, yog‗lar, karbonsuvlar, ba‘zi vitaminlar (fol kislotasi va boshqalar)ning 
almashinuvida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, u jigardagi eng muhim 
biokimyoviy jarayonlarni amalga oshishida ishtirok etadi, nerv tizimidagi lipidlar 
va nuklein kislotalarning almashinuvini ta‘minlaydi. Oshqozonda 
B
12
vitamini 
oqsil birikmasi va murakkab polisaxarid-mukopolisaxarid bilan birikadi (Kastlning 
―ichki omili‖) va gastromukoproteinga aylanadi. Bu oqsil-karbonsuvli kompleks 
B
12 
vitaminini mikroblar tomonidan foydalanilishini oldini oladi, ular uchun bu 
vitamin moddalar almashinuvini eng muhim omili hisoblanadi. B
12 
vitamini 
ichakning shilliq pardasida gastromukoproteiddan ajraladi va shu silliq pardasidagi 
maxsus oqsil bilan birikkib, keyin so‗riladi. 
B
12 
vitamini bilan bog‗liq bo‗lgan kasallikni o‗rganishda, avitaminoz, uni 
so‗rilishini izdan chiqishi natijasida kelib chiqishi aniqlandi. Bunda oshqozonda 
Kastning ―ichki omili‖ hosil bo‗lmaydi va B
12 
vitamini, asosan oshqozon-ichak 
trakti mikroflorasi tomonidan o‗zlashtiriladi. Vitamin yetishmasligi natijasida 
xavfli anemiyaning klinik ko‗rinishi rivojlanadi. B
12 
vitaminini manbayi
faqat 
hayvon
mahsulotlari va mikroorganizmlar hisoblanadi. Bu vitaminga jigar, sut, 
tuxum, buyraklar boy bo‗ladi. Odamlarning bu vitaminga bo‗lgan bir kunlik 
ehtiyoji 0,003 mg ni tashkil qiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin