Biokimyo va molekulyar biologiya


 Vitamin PP (nikotin kislota, nikotinamid, niatsin



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

10.4.6. Vitamin PP (nikotin kislota, nikotinamid, niatsin,
antipellagra vitamini) 
Nikotin kislota uzoq vaqtdan beri ma‘lum bo‗lgan, ammo uning vitamin 
xususiyatlari birinchi marta 1920-yillarda, Goldberger tomonidan qayd qilingan, u 
nikotin kislotani itlarda pellagraga o‗xshash kasallikni davolashda ishlatgan va 
yaxshi natijalarga erishgan. 1937-yilda K.Elvegeym jigar ekstraktidan nikotin 
kislotasini ajratib oldi va bu preparat pellagrani davolashini ko‗rsatib berdi. 
Nikotin kislota pirimidin qatorli karboksil guruhiga ega bo‗lgan birikma 
hisoblanadi, nikotinamid shu karboksilga amid guruhi birikkanligi bilan 
tavsiflanadi. 


210 
Nikotin kislotasi (nikotinamid) suvda kam 
eriydi, ammo ishqorlarning suvli eritmalarida 
yaxshi 
eriydi, 
oq 
ignachalar 
shaklida 
kristallanadi. Pellagraning (dag‗al teri) yoki 
vitamin yetishmovchiligining eng xarakterli 
belgilari bu terining shikastlanishi (dermatit), 
oshqozon-ichak trakti (diareya) va asab 
faoliyatini 
izdan 
chiqishi 
(demansiya) 
hisoblanadi. Dermatit terining quyosh nurlari 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushadigan joylariga ta‘sir 
qiladi: qo‗llarning orqa qismi, bo‗yin, yuz 
terisi qizilga, keyin jigarrang va qo‗pol ranga 
bo‗yalib, dag‗al bo‗lib qoladi (23-rasm).

Ichakning 
shikastlanishi 
anoreksiya, 
ko‗ngil aynish, qorin og‗rig‗i, diareya rivojlanishi tarzida ifodalanadi. Vitamin PP 
ning biologik roli shundaki, bu vitamin qarama-qarshi ta‘sirga ega bo‗lgan 
oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalarida 
ishtirok 
etuvchi 
ko‗pdan-ko‗p 
degidrogenazalarning kofermentlari NAD va NADFlarning tarkibiga kiradi. 
Vitamin PP kepak, pivo xamirturushi, jigar, buyrak, go‗shtlarda ko‗p miqdorda 
uchraydi. Odamlarning faoliyat turiga, shuningdek, yoshiga bog‗liq holda kuniga 
15-25 mg PP vitamini kerak bo‗ladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin