214
yetarli miqdorda sintez qiladi. Maymunlarda, kalamushlarda fol kislota tanqisligida
kamqonlik yuzaga chiqadi. Odamlarga ham bu xil tanqislik anemiyaga olib keladi.
Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‗ra bunda DNK sintezi ham izdan chiqishi mumkin ekan.
Voyaga yetgan kishining kunlik ehtiyoji 1-2 mg ni tashkil qiladi.
10.4.11. Pantoten kislota (B
3
vitamini)
Pantoten kislota xamirturush zamburg‗ini va sutli achish bakteriyalarining
o‗sishi jarayonlarini o‗rganishda aniqlangan edi.
Vitamin B
3
barcha tirik
mavjudotlar: mikroorganizmlar, o‗simliklar, hayvon to‗qimalarida nihoyatda keng
tarqalgan bo‗lib chiqdi va shuning uchun pantoten kislota (yunoncha, ―pantoten‖ –
―hamma joyda‖) deb nomlash taklif qilindi. Pantoten
kislotaning kimyoviy
tuzilishi quyidagicha:
Pantoten kislota koferment A yoki koenzim A (KoA)ning tarkibiga kiradi,
ya‘ni u tioetilamin va 3-fosfoadenozin-5-difosfat bilan koenzim A hosil qiladi.
Modda almashinuvida
KoA ning eng muhim roli, uning asosiy biokimyoviy
jarayonlarda, yuqori molekulyar yog‗ kislotalarining oksidlanishi va biosintezi, α-
keto kislotalar(piruvat, ketoglutarat)ning oksidlanuvchi dekarboksillanishi, neytral
yog‗lar, fosfolipidlar, steroid gormonlar, gemoglobinning gemi, atsetilxolin, gippur
kislotasi va boshqalarning biosintezida bevosita ishtirok etishidan guvohlik beradi.
Pantoten kislota – suvda yaxshi eriydigan qayishqoq, och sariq rangli suyuqlik; u
barqaror emas, kuchsiz kislotalar va ishqorlar ta‘sirida peptid bog‗lanish
joyidan
osongina gidrolizlanadi. Odam va hayvonlarda bu moddaning yetishmasligi teri
kasalliklari, sochlarning depigmentatsiyasi, o‗sishni to‗xtashi, vazn yo‗qotish,
ishtahani yo‗qolishi, me‘dani yaralanishi va boshqa xil qator
kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Bu vitaminning manbayi: go‗sht, tuxum, sut, karam, kartoshka,
sabzi
hisoblanadi. Odamning bu vitaminga bo‗lgan bir kunlik ehtiyoji 3-5 mgni tashkil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: