Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

11.5. Gipofiz gormonlari 
Gipofiz yoki pastki miya o‗simtasi miyaning ostki qismida joylashgan. 
Odamning bu organini vazni 0,5-0,7 gr bo‗ladi. Gipofiz ko‗p miqdordagi qon 
tomirlari, asab tolalari bilan ta‘minlangan va miya bilan chambarchas bog‗langan. 
U oldingi, o‗rta va orqa qismlardan iborat. Gipofiz bezining barcha gormonlari 
oddiy oqsillar yoki oqsilsimon moddalar hisoblanadi. 
Gipofizning oldingi qismi gormonlari. 
Gipofizning bu qismida olti xil 
gormonlar ishlab chiqariladi. 
1. 
Somatotrop
gormoni yoki
o‗sish
gormoni (STG yoki OG) organizmning 
o‗sishi va rivojlanishiga ta‘sir qiladi. Bu gormon gipofizning oldingi qismini 
atsidofil hujayralarida sintezlanadi. Hozirgi kungacha odam, qoramol, qo‗y va 
boshqalarning somatotrop gormonlari molekulalarining birlamchi sirukturasi to‗liq 
aniqlangan. Odamning somatotrop gormoni 191 ta aminokislota qoldiqlaridan 
tashkil topgan va tarkibida ikkita disulfid bog‗ mavjud; N- va C- uchida joylashgan 
aminokislotalari fenilalanindir. O‗sish gormoni organizmning barcha hujayralariga 
ta‘sir ko‗rsatadigan keng biologik ta‘sir spektriga ega. U oqsil, DNK, RNK va 


224 
glikogenning biosintezini kuchaytiradi va shu bilan birga depolangan yog‗larni 
mobilizatsiyalanishini va to‗qimalardagi yog‗ kislotalari va glyukozani 
parchalanishini ta‘minlaydi. O‗sish gormoni tananing kattalashuvini, skeletning 
o‗sishini stimullashi bilan bog‗liq assimilyatsiya jarayonlarini faollashtirishdan 
tashqari, almashinuv jarayonlari tezligini muvofiqlashtiradi va uni boshqarilishida 
ishtirok etadi. Bundan tashqari, odamlarda va maymunlarda (lekin boshqa 
hayvonlarda emas) bu gormon aniqlanishi mumkin darajadagi laktogen faollikka 
ega bo‗ladi. 
Bu gormonning ko‗p biologik samaralari jigarda sintezlanadigan maxsus oqsil 
omilining ta‘siri natijasida yuz beradi, deb taxmin qilinadi. Bu omilni sulfatlovchi 
yoki timidil omili hisoblanadi, chunki u tog‗ayga sulfatlarning, timidinning 
DNKga, uridinning RNKga va prolinning kollagenga birikishini stimullaydi. 
O‗zining kimyoviy tuzilishiga ko‗ra bu omil molekulyar massasi 8000 Da 
polipeptid ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Bu gormon to‗qimalarda oqsil sintezini 
jadallashtiradi, u esa to‗qimalarning hajmini oshishi va o‗sishiga olib keladi. 
O‗sish gormoni shuningdek, suyaklarda kalsiyning yig‗ilishiga va suyak hamda 
tog‗ay to‗qimalarini hosil bo‗lishiga ham ta‘sir etadi. Yosh bolalarda bezning 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin