223
Gipotalamus
gormonlari sintezlanadigan joy, ehtimol gipotalamusning asab
uchlaridir, chunki u yerda gormonlar va biogen
aminlarning eng yuqori
konsentratsiyasi qayd qilingan; ular, periferik ichki sekretsiya bezlarini gormonlari
bilan bir birga, teskari ta‘sir etish tamoyiliga muvofiq
gipotalamus gormonlari
sintezini stimullovchi asosiy boshqaruvchilari sifatida tasavvur qilinadi.
Tireoliberin biosintezi mexanizmi, ehtimol noribosomal yo‗l
bilan amalga
oshadi, bunda tarkibida SH tutuvchi sintetaza yoki glutamin kislotaning sikllanishi
yo‗li bilan piroglutamin kislotaga aylanishi, peptid bog‗lanishning hosil bo‗lishini
va glutamin ishtirokida prolinning amidlanishini katalizlaydigan fermentlar
kompleksi ishtirok etadi. Luliliberin va somatoliberin bo‗yicha ham xuddi shu kabi
tegishli sintetazalar ishtirokidagi biosintez mexanizmining
mavjudligia taxmin
qilinadi.
Gipotalamus gormonlari bevosita ―tayyor‖ gormonlarni sekretsiyasiga
(aniqrog‗i,
ajralib
chiqishiga)
hamda
bu
gormonlarning
yangidan
biosintezlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. sAMFning gormonal
signallarni uzatishda
ishtirok etishi isbotlangan.
Gipofiz hujayralarining plazmatik membranalarini maxsus adenogipofizar
retseptorlari mavjudligi ko‗rsatib berilgan bo‗lib,
gipotalamus gormonlari ular
bilan bog‗langan bo‗ladi va bundan keyin adenilatsiklaza tizimi va Ca
2+
–
ATF
va
Mg
2+
– ATF membrana
kompleksidan, Ca
2+
, Mg
2+
ionlari
va AMF ajraladi; bundan
keyin hosil bo‗lgan AMF tegishli
proteinkinazani faollashtirish orqali gipofizning
tegishli gormonini ajralishiga ham, sintezlanishiga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: