Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

leykotriyenlarg
a kiruvchi 
biologik faol moddalarga aylanishidir. Leykotriyenlarning asosiy biologik samarasi 
shamollash, allergik va immunreaksiyalar, anafalaksiya va silliq mushaklarning 
faolligi bilan bog‗liqdir. Xususan, leykotriyenlar nafas olish yo‗llari, oshqozon-
ichak traktining silliq mushaklarining qisqarishida ishtirok etish, tomirlar tonusini 
boshqarish, tomirlarni kengayishiga ta‘sir etish va koronar arteriyalarning 
qisqarishini stimullashdan iborat. 


232 
Trombaksan
, asosan, miya, taloq, o‗pka, buyrak to‗qimalarida, shuningdek, 
trombotsitlarda sintezlanadi; u trombotsitlar agregatsiyasini keltirib chiqaradi va 
shu bilan tromb hosil bo‗lishiga yordam beradi va bundan tashqari barcha 
prostagladinlar orasida eng kuchli tomirlarni kengaytirish ta‘siriga ega. 
Prostatsiklin
tomirlar endoteliyasida, yurak mushaklarida, bachadon 
to‗qimalarida va oshqozonning shilliq parda qavatida sintezlanadi. Tromboksandan 
farqli o‗laroq, u qon tomirini silliq mushaklarini bo‗shashtiradi va 
trombotsitlarning parchalanishini keltirib chiqaradi, fibrinolizni kuchaytiradi. 
Tromboksanlar va prostatsiklinlar orasidagi nisbat ko‗rsatkichi organizmning 
fiziologik holati uchun alohida ahamiyatga ega. Trombozga moyil bo‗lgan 
bemorlarda muvozanatni agregatsiya tomon siljitish tendensiyasi kuzatiladi; 
uremiya bilan og‗rigan bemorlarda, aksincha, trombotsitlarning parchalanib ketishi 
kuzatiladi. 
Materialni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Gormonlar nima? 
2. Gormonlar qanday vazifani bajaradi? 
3. Gormonlarning kimyoviy tuzilishi haqida gapirib bering. 
4. Gormonlarning ta‘sir mexanizmlari haqida gapirib bering. 
5. Gipotalamus gormonlari haqida gapiring 
6. Gipofiz gormonlari haqida gapirib bering. 
7. Qalqonsimon bez gormonlari haqida aytib bering. 
8. Paratiroid gormonlari haqida aytib bering. 
9. Buyrakusti bezini mag‗iz qismi qanday gormonlarni ajratadi? 
10. Buyrakusti bezini po‗stloq qismi qanday gormonlarni ajratadi? 
11. Me‘da osti bezi gormonlar va ularning fiziologik roli haqida aytib 
bering. 
12. Ayol jinsiy gormonlari va ularning fiziologik roli. 
13. Erkak jinsiy gormonlari va ularning fiziologik roli. 
14. Ayrisimon bez gormonlari haqida nimalarni bilasiz? 
15. Prostaglandinlar haqida gapiring. 
16. Prostaglandinlar, leykotrienlar va trombaxanlar qayerda sintezlanadi? 
17. Prostaglandinlar, leykotrienlar va trombaxanlar qanday fiziologik 
funksiyalarni bajaradi? 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin