230
11.10.2. Erkak jinsiy gormonlari
Erkak jinsiy gormonlari ‒ androgenlar, asosan, urug‗donlar hujayralari
tomonidan ishlab chiqariladi. Yaqinda androgenlarning tuxumdonlar va buyrakusti
bezlarida ham qisman sintezlanishi aniqlandi.
Erkak jinsiy gormonlariga
androsteron, degidroepiandrosteron, testosteronlar kiradi:
Erkak organizmida androgenlarning biologik roli, asosan, reproduktiv
tizimning differensiatsiyasi va bu tizim faoliyatining me‘yoriy
kechishi bilan
bog‗liq. Voyaga yetgan organizmda androgenlar erkaklar ikkilamchi jinsiy
xususiyatlarining rivojlanishini, urug‗donlardagi spermatogenezni va h.k.larni
boshqarilishida ishtirok etadi.
11.11. Ayrisimon bez (timus) gormonlari.
Tug‗ilgandan ko‗p o‗tmay timus limfoid hujayralarni
limfa tugunlariga va
taloqqa yetkazadi va maxsus gormonlar hosil qiluvchi hamda sekretsiyalovchi
limfoid to‗qimalarining ayrim hujayralari yetilishini ta‘minlaydi. Hozirgi vaqtda
ayrisimon bez ekstraktlaridan bir nechta gormonlar ajratib
olingan va tavsiflab
berilgan. Ular orasida T-limfositlar hosil bo‗lishini stimullovchi timopoietin II va
timozin α
1
lar muhim ahamiyatga ega. Bu gormonlar o‗zaro mos holda 49 va 28
aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan:
H-Ser-Gln-Fen_Ley-Glu-Asp-Pro-Ser-Val-Ley-Tre-Liz-Gli-Liz-Liz-Liz-Ser-
Glu-Ley-Val-Ala-Asn-Asn-Val-Tre-Ley-Pro-Ala-Gli-Glu-Gln-
Dostları ilə paylaş: