Biokimyo va molekulyar biologiya


 Karbonsuv va lipid almashinuvi o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik jihatlari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

12.2.3. Karbonsuv va lipid almashinuvi o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik jihatlari
Ma‘lumki, karbonsuvlarni ortiqcha miqdorda iste‘mol qilish organizmda 
yog‗ning yig‗ilishiga olib keladi. Organizmida ko‗p miqdorda yog‗ yig‗ishga qodir 
bo‗lgan cho‗chqalarni semirtirish uchun boqishda tarkibida kraxmalga boy bo‗lgan 
mahsulotlar ‒ kartoshka, makkajo‗xorilardan foydalaniladi. Yong‗oq pishganda, 
dastlab uning mevasida kraxmalli sut hosil bo‗ladi, so‗ngra uning tarkibida yog‗ 
miqdori yuqori bo‗lgan zich yadro bilan almashtiriladi. Yog‗larni karbonsuvlarga 
aylantirishning teskari jarayoni qish uyqusiga ketadigan hayvonlar (ayiq, kirpi)da 
aniq kuzatiladi. Qish paytida ularning yog‗ zaxiralari butunlay yo‗qolib ketadi, 
ammo jigardagi glikogenning miqdori uzoq muddatda ancha yuqori darajada 
qoladi. O‗simliklarda yog‗larning faol ravishda karbonsuvlarga aylanishi yog‗li 
urug‗larning unib chiqishi paytida yuz beradi.
Atsetil-KoA karbonsuvlarni lipidlarga aylantirishning bog‗lovchi zanjiri 
hisoblanadi. Atsetil-KoA karbonsuvlar glikolizining oxirgi mahsuloti pirouzum 
kislotadan hosil bo‗ladi va u yuqori molekulyar yog‗ kislotalari, sterollar va 
poliizoprenlarni sintezi uchun dastlabki birikma hisoblanadi. Ko‗pgina lipidlarni 
sintezi uchun zarur bo‗lgan glitserin karbonsuvlar glikolizini oraliq mahsulotlari ‒ 
glitseraldegid fosfat va degidroksiatsetosfosfatlarning qaytarilishi natijasida hosil 
bo‗ladi, keyinchalik ulardan H
3
PO
4
qoldig‗i ajraladi. Bundan tashqari lipidlarning 
parchalanishini asosiy mahsulotlaridan biri bo‗lgan glitserinning glitseraldegid 


239 
fosfatga aylanishi va uning glukoneogenezga kirishi yo‗li bilan u karbonsuvlarning 
biosintezida foydalaniladi. O‗simliklar va mikroorganizmlarda karbonsuvlarning 
sintezi uchun lipidlar parchalanishini boshqa xil muhim mahsuloti ‒ atsetil-KoA 
(glioksalat sikli orqali) ham osonlikcha ishlatiladi. Hayvon to‗qimalarida atsetil-
KoAning ishlatilish sur‘ati ancha murakkabdir. Agar uglerodi ―nishonlangan‖ sirka 
kislotasi hayvonlarga berilsa, nishon jigar glikogeni tarkibiga kiradi. Aftidan, 
hayvonlarda karbonsuvlar biosinteziga atsetil-KoAning birikishi bilvosita tavsifga 
ega. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin