Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Birinchi bosqichda
polisakaridlar monosaxaridlarga, yog‗lar glitserin va 
yog‗ kislotalariga, oqsillar aminokislotalargacha parchalanadi. 
Ikkinchi 
bosqichda
monomer 
molekulalar 
qo‗shimcha ravishdagi 
parchalanishga uchraydi, bu davrda energiyaga boy fosfat birikmalari va atsetil-
KoA hosil bo‗ladi. 
Uchinchi bosqichda 
atsetil-KoA ham, yuzlab oziq-ovqat moddalaridan hosil 
bo‗ladigan oraliq organik metabolitlar (α-ketoglutarat, suksinat va oksaloatsetat) 
ham, Krebs siklida oksidlanib, ATF shaklidagi makroenergik birikmaga aylanadi. 
Keyingi ATF va makroenergik birikmalar mitoxondriyadagi oksidlanuvchi 
fosforillanish jarayonida elektronlarni reduksiyalangan pirimidin va flavin 
nukleotidlaridan molekulyar kislorodga o‗tkazishda hosil bo‗ladi. 
Quyida oqsillar, yog‗lar va karbonsuvlarning o‗zaro almashinuvini asosiy 
yo‗llari diagrammasi keltirilgan: 


237 
Bu sinflarga mansub moddalarning metabolitlarini to‗g‗ridan-to‗g‗ri bir-biriga 
o‗tishidan tashqari, oziq-ovqat tarkibida u yoki bu sinfga tegishli moddalarning 
yetishmasligi sharoitida organizmning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji boshqa sinf 
moddalarini oksidlanishi evaziga hosil bo‗lgan energiyadan qoplanib ketadi. 
Oqsillar, fermentlar, gormonlarning asosiy tarkibiy komponentlari bo‗lishi bilan 
birga 
ularning 
parchalanish 
mahsulotlaridan, 
ya‘ni aminokislotalardan 
nukleotidlar, porfirinlar, biogen aminlar, ketogen aminokislotalar sintezlanadi, 
ulardan yog‗ kislotalari va sterollarning sintezida ishtirok etuvchi atsetosirka 
kislota (atsetoatsetil-KoA) hosil bo‗ladi. Xuddi shu yo‗sinda atsetosirka kislota 
atsetil-KoA orqali dastlab pirouzum kislotaga aylanish yo‗li bilan glikogenning 
biosintezi uchun ham foydalanilishi mumkin. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin