Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

boshqaruv funksiyasi 
‒ osmotik bosimni, muhitning pH ko‗rsatkichini, 
kislota-ishqor muvozanatini, suv almashinuvini, issiqlik almashinuvini va 
h.k.larning doimiyligini ta‘minlashdan iborat; 
- himoya funksiyasi
‒ qonda leykotsitlar, immun oqsillar va antitanachalar 
mavjudligi sababli organizm o‗zini ko‗p kasalliklardan himoya qiladi. Bundan 
tashqari, qonning ivish qobiliyati qon tomirlari shikastlanganda organizmni qon 
yo‗qtishdan himoya qiluvchi eng muhim mexanizmlardan biridir. Qon 
organizmning qon aylanish tizimi bo‗ylab yuqori tezlikda aylanib, organ va 
to‗qimalarni yuvib turadi. Qonga doimiy ravishda oshqozon-ichak yo‗li, o‗pka, 
jigar, boshqa hamma to‗qima va organlardan moddalar kirib turadi va shu bilan bir 


245 
vaqtda qon o‗zida erigan moddalarning doimiy ravishda to‗qimalarga kirib 
turishini, ularni buyrak, o‗pka, teri kapellarlari orqali chiqarib turilishini 
ta‘minlaydi (28-rasm). 
28-rasm. 
Moddalarning qon orqali aylanish sxemasi
 
Moddalarning qon orqali tez oqishiga qaramay, organizmning qondagi nozik 
neyrogumoral boshqariluvi tufayli uning tarkibi ajoyib tarzda doimiy bo‗ladi. 
Qonning asosiy fizik-kimyoviy va biologik ko‗rsatkichlari faqat juda tor 
chegaralarda o‗zgarib turadi. Qon plazmasi solishtirma og‗irligi 1,027 bo‗lgan, 
somonsimon-sariq suyuqlik hisoblanadi va uning kimyoviy tarkibi 18-jadvalda 
keltirilgan. 
18-jadval. 
Qon plazmasining kimyoviy tarkibi

Moddalar 
Miqdori 
mg % hisobida 
Moddalar 
Miqdori 
mg % hisobida 
Oqsillar 
6000-8600 
Qoldiq azot (um/miqd.) 
23,0-27,0 
Glyukoza (shakar) 
80,0-120,0 
Siydikchil azoti
19,3 
Lipidlar (um/miqd) 
622,0 
Natriy 
325,0 
Yog‗ kislotalari 
204-341 
Bikarbonatlar 
226,8 
Fosfolipidlar 
221,0 
Kaliy 
16,0 
Xolesterin 
197,0 
Kalsiy 
9,8 
Atseton tanachalari 
0,1 
Fosfor (umumiy) 
11,4 
Xloridlar 
369,0 


246 
18-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, plazmaning eng muhim organik moddalar 
qismi oqsillar hisoblanadi, ularning tarkibiga fibrinogen ham kiradi. Fibrinogendan 
holis qilingan plazma
qon zardobi 
deyiladi. Qon plazmasi ko‗pincha 
organizmning turli xil to‗qimalari orasida vositachilik funksiyasini bajaradi. Qon 
plazmasi tarkibida organ va to‗qimalarda moddalar almashinuvini so‗nggi 
mahsulotlari bo‗lib, ular buyraklar orqali tashqi muhitga chiqariladi. Plazmada 
gormonlar, fermentlar va almashinuv jarayonlarining oraliq mahsulotlari oz 
miqdorda aylanib yuradi. Plazma va jigar o‗rtasida juda yaqin bog‗lanish bor, 
ayniqsa, bu bog‗lanish oqsillar, shuningdek, fosfolipidlar va xolesterinlarga 
tegishli bo‗lib, ularning asosiy qismi jigarda sintezlanadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin