Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

glutamin kislota 
va
glutamin
hisobiga to‗g‗ri keladi, ular ammiakni bog‗lovchi asosiy moddalar jumlasiga 
kiradi.
Plazma va qon hujayralari o‗rtasida 
aminokislotalar
ning taqsimlanishi 
xilma-xil. Masalan, plazmada 4,8-6,8 mg % aminokislota azoti bo‗lsa, 
eritrotsitlarda 8,8-10,4 mg % bo‗ladi. Bu ikkita ko‗rsatkichning o‗zaro nisbati 
doimiy bo‗lib, u 1,52-1,82 atrofidagi chegarada ifodalanadi, ya‘ni: 
Eritrotsitlardagi aminokislota azoti 
------------------------------------------------------------ = 1,52-1,82; 
Plazmadagi aminokislota azoti
Og‗ir kasallik holatlarida bu ko‗rsatkich o‗zgarishlarga duch kelishi mumkin. 


252 
Qondagi siydikchilning
miqdori sog‗lom organizmda 20-30 mg % ni tashkil 
qiladi. Ovqat tarkibida ortiqcha miqdorda oqsil bo‗lganda, ko‗p terlaganda qonda 
siydikchilning miqdori oshadi. Qondagi siydikchilning me‘yorga nisbatan doimiy 
ravishda oshib borishi buyrak kasalliklari, xavfli o‗smalar, anemiya va boshqa 
kasalliklarda kuzatiladi. 
Siydik kislotasi
ning qondagi me‘yoriy miqdori 3-4 mg %ni tashkil qiladi va 
podagra bilan kasallanganda, uning miqdori 6-8 mg %gacha oshib ketishi mumkin. 
Qon kreatini
,
 
asosan, eritrotsitlarda uchraydi. U kreatinin bilan birgalikda 
aniqlanadi (1,0-1,5 mg % kreatin va 1,0-1,2 mg% kreatinin). Giperkreatinemiya 
jigar kasalliklari, mushak to‗qimasining kuchli ravishda parchalanishi jarayonlari 
kuchayganda kuzatiladi. 
Bilirubin (0,25-1,5 mg %)
gemoglobinning parchalanish mahsuloti bo‗lib, 
uning miqdoriy ko‗rsatkichi jigar kasalliklarida oshib ketadi. 
Oqsil 
almashinuvining 
me‘yoriy va patologik holatlarini qator 
ko‗rsatkichlarini tadqiq qilish orqali aniqlash mumkin. Ular jumlasiga, qon va 
siydik tarkibida aniqlanadigan qon plazmasi oqsillari va oqsilsiz azotli moddalar 
kiradi. Tibbiy amaliyotda umumiy va qoldiq azot miqdorlarini aniqlash usullaridan 
keng foydalaniladi. Umumiy azot deganda qondagi barcha azotli moddalarning 
umumiy miqdori tushuniladi. Qoldiq yoki oqsilsiz azot deganda, oqsillarni 
cho‗ktirib ajratib olingandan keyingi azot miqdoriga aytiladi. Qoldiq azot tarkibiga 
siydikchil, siydik kislotasi, aminokislotalar, kreatin, kreatinin, polipeptidlarning 
azoti kiradi. Sog‗lom odam qon zardobi tarkibida 1200-1430 mg % (o‗rtacha 1315 
mg %) 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin