Biokimyo va molekulyar biologiya


 Qonning himoya funksiyalari va uning ivishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

13.2.3. Qonning himoya funksiyalari va uning ivishi 
Qonning himoya funksiyalari, birinchi navbatda, fagositar funksiyalari tufayli 
leykotsitlar tomonidan amalga oshiriladi. Leykotsitlar proteolitik va lipolitik 
fermentlarga boy bo‗lib, natijada amyobaga o‗xshash bu hujayralar tomonidan 
bakteriyalarning qurshab olinishi, bakteriyalar tanasining jadal parchalanishi va 
hazm bo‗lib ketishi orqali kechadi.
Himoya mexanizmida qon plazmasining globulinlari muhim rol o‗ynaydi. 
Ular α-, β- va γ-globulinlarga bo‗linadi, ularning ba‘zilari fermentlar, turli xil 
funksiyalarni bajaradigan lipoproteinlar va β-globulinlar bevosita immunitet 
reaksiyalarida ishtirok etadi ‒ bu organizmni mikroblar va toksinlardan himoya 
qiladi. Organizmga mikrob tanachalari, toksinlar yoki begona oqsillar kirganda, 


249 
limfa tugunlari, jigar va boshqa to‗qimalarning retikuloendotelial tizimida 
konfiguratsiyasi biroz o‗zgargan γ-globulinlar sintezlana boshlaydi. Bunday γ-
globulinlar ularning paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan vositalar bilan maxsus 
bog‗lanish qobiliyatiga ega bo‗ladi. 
Maxsus o‗zgarishlarga duch kelgan γ-globulinlar
antitanachalar
, ularning 
paydo bo‗lishiga sababchi bo‗lgan moddalar 
antigenlar 
deyiladi. Bakteriya 
tarkibida turli xil antigenlar bo‗lishi mumkin. Ko‗p bakteriyalar oqsil-polisaxarid 
kompleksli kapsula (tif, dizenteriya bakteriyalari) bilan qoplangan. Ushbu oqsil-
polisaxarid kompleksi antigen bo‗lib, hayvonni immunizatsiyalaganda, uni qon 
zardobida maxsus tuzilishga ega bo‗lgan antitanachalar hosil bo‗ladi. Agar tif 
vaksinasi bilan emlangan hayvonning qon plazmasiga tirik tif bakteriyasi qo‗shilsa 
(vaksina o‗ldirilgan tif bakteriyalarining yoki bu bakteriyalarning oqsil-polisaxarid 
majmuasi eritmalaridan iborat), natijada paydo bo‗lgan antitanacha shu tif 
bakteriyalarining sirt qatlamiga birikadi, bu esa ularning bir-biri bilan 
yopishishiga, aglutinatsiyaga va o‗limiga olib keladi. Bundan tibbiyot va 
veterinariya amaliyotida keng foydalaniladi. Qonning ivishi me‘yoriy chegarada 
bo‗lishi uchun organizmga ovqat bilan kirib kelgan K vitaminining miqdori yetarli 
bo‗lishi lozim. 
Jigarda K vitamini ishtirokida asosiy qon ivish fermenti ‒ 
protrombin 
sintezlanadi. Bu oqsil jigardan qon oqimiga o‗tadi. Jarohatlanganda shikastlangan 
to‗qimalardan va trombotsitlardan qonga tromboplastin ajralib chiqadi, u 
plazmaning o‗ziga xos maxsus oqsillari (antigemofil omillar) va Ca
2
ionlari 
ta‘sirida trombokinaza fermentiga aylanadi. Trombokinaza 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin