Biokimyo va molekulyar biologiya


kamayishi va α- va ß-globulinlarning



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

kamayishi
va
α- va ß-globulinlarning
ko‗payishi
bilan tavsiflanadi; kuyganda, 
och qolganda albuminning miqdori kamayadi; miokard infarkti, suyak sinishi α-
globulinlar ulushining oshishiga olib keladi. 


251 
Plazma oqsillari jumlasiga fermentlar ham kiradi. Ularning ba‘zilari har doim 
qon plazmasida mavjud bo‗ladi, boshqalari esa qonda faqat hujayra tuzilmalari 
faoliyatining izdan chiqishi bilan bog‗liq patologik jarayonlar tufayli paydo 
bo‗ladi. Shuning uchun kasalliklarni o‗rganishda fermentlarning faolligini aniqlash 
muhim diagnostik ahamiyatga ega. Organning tabiatiga va kasallikning 
xususiyatiga mos tarzda, qonda ularga xos bo‗lgan maxsus tavsifli fermentlar 
paydo bo‗ladi. Ko‗pincha fermentlar faolligi mavjudligining ko‗rsatkichlari 
patologiyaning klinik ko‗rinishini namoyon bo‗lishidan ancha oldinroq aniqlash 
imkonini beradi. Masalan, qondagi 
fosfomonoesteraza (ishqoriy fosfataza)
miqdorining oshib ketishi raxit kasalligi belgilari namoyon bo‗lishidan oldinroq 
raxit rivojlanib kelayotganidan dalolat beradi. Miokard infarktining dastlabki 
soatlarida qonda 
laktat degidrogenaza 
va
aminotransferazalar
faolliklarining 
oshishi orqali qayd etiladi. 
Qonda azot almashinuvining so‗nggi mahsulotlarini ba‘zilari oz miqdorda 
bo‗ladi, ular jumlasiga polipeptidlar, aminokislotalar, siydikchil, siydik kislotasi, 
kreatin, kreatinin, bilirubin va boshqalar kiradi. Bu moddalarning qondagi sifatiy 
va miqdoriy ko‗rsatkichlarini aniqlash ham diagnostik ahamiyatga ega. 
 
Polipeptidlar
oqsillarni hazmlanishi jarayonida ichaklardan va to‗qimalardan 
oqsil almashinuvining oraliq mahsuloti sifatida qon oqimiga o‗tadi. Qon 
tarkibidagi
polipeptidlarning 
ulushi 
0,1-3 mg % 
ni tashkil qiladi. 
Aminokislotalar doimo qon tarkibida aylanib yuradi, ular, ovqat tarkibidan 
o‗tadi yoki tanada sintezlanadi. Ularning miqdori oqsillarning hazm bo‗lishi va 
so‗rilishi tufayli ortadi. Aminokislotalarning qondagi miqdori to‗qima hujayralari, 
to‗qima oqsillari va boshqa azotli moddalarni hosil qilish uchun kerakli bo‗lgan 
sarflanishi 
tufayli 
ularning 
qondagi 
ulushi 
juda 
tez 
pasayaboradi. 
Aminokislotalarning deyarli uchdan bir qismi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin