Biokimyo va molekulyar biologiya


umumiy azot va 23,0-37,0 mg % (o‗rtacha 30,0 mg %)  qoldiq azot



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

umumiy azot
va 23,0-37,0 mg % (o‗rtacha 30,0 mg %) 
qoldiq azot
mavjud. Umumiy va qoldiq azot o‗rtasidagi farq 1117-1393 mg % (o‗rtacha 1285 
mg %)ni tashkil qiladi. 
 Giperglikemiya
, ya‘ni qon zardobi tarkibidagi oqsilning ko‗payishi 
revmatizmda, 
gipoglikemiya
, ya‘ni qon zardobi tarkibidagi oqsilning kamayishi 
nefrit, ozg‗inlik, oqsil taqchilligi va saraton kasalliklarida kuzatiladi. Umumiy 
qoldiq azotning yarmidan ko‗proq ulushini siydikchil 13,5-26,0 mg % (o‗rtacha 
19,3 mg %) tashkil qiladi, aminokislotalar ulushi to‗rtdan bir qism ‒ 3,37-4,97 mg 
% (o‗rtacha 3,65 mg %) ga to‗g‗ri keladi. Siydikchil darajasining pasayishi bilan 
qoldiq azotning miqdorini ham kamayishiga olib keladi, ya‘ni qoldiq azot miqdori 
va siydikchilning miqdoriy ko‗rsatkichlari darajasi o‗rtasida to‗g‗ri proporsional 
bog‗lanish 
mavjud. 
Shuning 
uchun, 
tibbiy 
amaliyotda, 
siydikchil 
konsentratsiyasini aniqlash orqali qoldiq azot miqdori to‗g‗risida xulosa chiqarish 
mumkin bo‗ladi. 
Buyrak kasalliklarida, ayniqsa, ular faoliyatining susayishida, organizmda 
oqsillarning parchalanishini kuchayishi holatlarida, qonda qoldiq azotning 
ko‗payishi, ya‘ni
azotemiya
kuzatiladi. Azotemiya mutlaq yoki nisbiy bo‗lishi 


253 
mumkin. Nisbiy azotemiyada organizm ko‗p miqdorda suv yo‗qotish (qusish, ich 
ketish) holatlarida uchraydi. Mutlaq azotemiya organizmda oqsillar (qandli diabet) 
hosil bo‗lishining pasayishi yoki oqsillar parchalanishining kuchayishi (qon ketish, 
og‗ir jarohatlanishlar, og‗ir yuqumli kasalliklar, jigar kasalliklari) bilan bog‗liq. 
Qonda doimo ravishda ozuqa moddalari yoki ularning almashinuvini oraliq 
mahsulotlaridan iborat bo‗lgan birikmalarning katta guruhi aylanib yuradi. Ular 
jumlasiga glyukoza, sut kislotasi, triglitseridlar, lipoidlar, xolesterin, erkin yog‗ 
kislotalari, mineral tuzlar va boshqalar kiradi. Ularning miqdorini aniqlash ham 
amaliy ahamiyatga ega.
Glyukoza.
Qondagi glyukozaning miqdori ‒ 80-120 mg % chegarasida 
bo‗ladi. Bu miqdor ko‗rsatkichi qon uchun doimiy hisoblanadi. Lekin 
gipoglikemiya va giperglikemiya holatlari ham uchrab turadi, ularning fiziologik 
yoki patologik holatlari farqlanadi.
Fiziologik
gipo- yoki giperglikemiyaga 
ovqatlanish holati, homiladorlik va hokazolarga bog‗liq holda qondagi miqdoriy 
ko‗rsatkichning o‗zgarishi kiradi. Qondagi glyukozaning 
patologik 
oshib ketishi 
yoki kamayishi turli xil kasalliklarda (qandli diabet, glukogenoz, galaktozemiya va 
boshqalar) kuzatiladi. 
Sut kislotasi.
Qonda sut kislotasi 5,0 dan 15,0 mg % gacha miqdorda 
uchraydi. Jigar kasalliklarida va og‗ir jismoniy mehnatdan so‗ng sut kislotaning 
miqdoriy ko‗rsatkichi oshib ketadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin