Biokimyo va molekulyar biologiya


 Jigarning boshqa funksiyalari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

13.3.3. Jigarning boshqa funksiyalari 
Jigar qon ivishida fibrinogen, protrombin, geparin va boshqa omillarning 
sintezi orqali bilvosita yo‗l bilan ishtirok etadi. Jigarning muhim ahamiyati uning 
qon plazmasi bilan aloqadorligi hisoblanadi. U plazma oqsillarini sintez qilishda 
ishtirok etadi, shuningdek, plazmaning kislotali-ishqoriy muvozanatiga ta‘sir 
qiladi. Jigarning eng muhim funksiyalaridan biri uning organizmni zaharli va yot 
bo‗lgan moddalardan xalos qilish qobiliyatidir.
Jigarda zararli moddalar (masalan, alkogol h.k.) parchalanadi, ammiak 
siydikchilga aylantirilib zararsizlantiriladi, shuningdek, organizm uchun zaharli 
tavsifga ega bo‗lgan va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari hisoblangan 
bilirubin, krezol, fenol, indol, skatol kabilar glukuron va sulfat kislotalar bilan 
ta‘sirlanish asosida hujayra uchun zararsiz birikmalar (juft kislotalar)ga 
aylantiriladi. Jigarda benzoy kislotasi glitsin bilan gippur kislotasini hosil qilish 
yo‗li bilan zararsizlantiriladi. Bularning barchasi jigarni faqat hazm qilish 
jarayonidagina emas, balki butun organizmning moddalar almashinuvida ishtirok 
etadigan eng muhim organ ekanligini to‗liq tasdiqlaydi. Shuning uchun jigar 
faoliyatidagi har qanday shikastlanishlar butun organizmning kasalligini keltirib 
chiqaradi. 
 
13.4. Suv va minerallar almashinuvi. Buyraklarning funksiyasi. Siydik 
13.4.1. Suv va mineral moddalar almashinuvi. 
Suv miqdoriy jihatdan organizmning barcha hujayralarini eng muhim tarkibiy 
qismidir. Evolyutsiya jarayonida hayot suvda paydo bo‗lgan va tirik organizmlar 
suvsiz mavjud bo‗la olmaydi. Suv organizmning barcha suyuqliklari: qon, limfa, 
siydik, ovqat hazm qilish traktining shiralari, bosh-orqa miya suyuqligi, 
shuningdek, boshqa barcha to‗qimalarning asosi hisoblanadi.
Butun organizmda suv miqdori tana vaznining 2/3 qismini tashkil qiladi va u 
yoshga qarab o‗zgaradi. Shunday qilib, to‗rt oylik embrionlarda suv miqdori 94 %, 
yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda 77 %, kattalarda 50-70 % ni tashkil qiladi. 
Organizmdagi barcha suvlarni hujayra ichidagi va hujayradan tashqaridagi 
suvlarga ajratish mumkin. Hujayra tashqarisiga qon, limfa, hujayralararo suyuqlik 
kiradi, u butun organzmda yagona fazani hosil qiladi. Tananing turli hujayralarida 
joylashgan suyuqlik muhiti deyarli bir xil tarkibga ega va uni 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin