Biokimyo va molekulyar biologiya


atsidoz, ishqoriy tomonga siljishi esa  alkaloz



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

atsidoz,
ishqoriy tomonga siljishi esa 
alkaloz 
deyiladi. Organizmda turli xil boshqaruv mexanizmlari mavjud bo‗lib, 
ularning birgalikdagi ta‘siri tufayli muhitning pH ko‗rsatkichini me‘yoriy 
chegaradagi doimiyligi ta‘minlanadi. Ular jumlasiga markaziy asab tizimi 
tomonidan boshqariladigan buyraklar, o‗pka, teri va bufer tizimlari kiradi. Bunda 
o‗pka organizmdan oshiqcha miqdordagi karbonat angidridni chiqaradi, jigar 
moddalar almashinuvida hosil bo‗lgan toksik moddalarni zararsizlantiradi, ular esa 
o‗z navbatida oshiqcha nordon va ishqoriy moddalar bilan birgalikda buyraklar 
tomonidan ajratilib tashqariga chiqariladi. Qonning osmotik bosimi plazning NaCl, 
fosfat va karbonat tuzlari kabi elektrolitlar yordamida hosil bo‗ladigan bufer tizim 
yordamida doimiy chegaradagi ko‗rsatkichda saqlab turiladi. Elektrolit va suvning 
to‗qimalarga kirib va chiqib turishi osmotik bosimni doimiyligini ta‘minlashning 
asosiy mexanizmlmridan biri hisoblanadi. Buyraklar doimiy ravishda oshiqcha 


248 
elektrolitlarni ajratib chiqarish orqali
izotoniya
ning doimiyligini ta‘minlashda 
muhim ahamiyatga ega. 
Qon vodorod ionlari doimiy konsentratsiyasining (pH) doimiyligini 
ta‘minlaydi, u kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega (7.36-7.40) va qonning bufer 
tizimlari (oqsillar, karbonat va fosfat tuzlari) tomonidan boshqariladi. Qon 
plazmasi tarkibining doimiyligi shartli ravishda eritrotsitlarning cho‗kish tezligi 
(EChT) ni sarhisob qilish yo‗li bilan aniqlanadi, buning uchun yangi olingan qonga 
antikoagulyantlarni qo‗shish asosida cho‗kish tezligini kuzatish lozim bo‗ladi.
 
Turli xil organizmlarning EChT ko‗rsatkichi 
(cho„kish tezligi mm/soat hisobida) 
Odam Hayvonlar 
Erkaklar
3-9 Otlar 64 
Ayollar 7-12 Qoramollar 0.5 
Homilador ayollar 45 Qo‗ylar 0.8. 
Cho‗chqalar 30 
Quyonlar 1.5 
EChT plazma tarkibidagi globulinlarning konsentratsiyasi, xolesterin miqdori, 
qonning reaksiya faolligiga va boshqalarga bog‗liq bo‗ladi. EChT qator 
kasalliklarda sezilarli darajada o‗zgaradi, shuning uchun uni aniqlash tibbiy 
amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Sog‗lom organizmda qonning kimyoviy 
tarkibi ham juda tor doiradagi o‗zgarishlarga duch kelishi mumkin.
Aksincha, yuqumli va moddalar almashinuvini izdan chiqishi bilan bog‗liq 
kasalliklar, jarohatlanishlar va boshqa patologik holatlarda qonning tarkibi va 
xossalarida sezilarli o‗zgarishlar kuzatiladi. Tibbiyotda va veterinariyada qon 
tahlilidan fiziologik holatni baholash uchun keng foydalaniladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin