Biokimyo va molekulyar biologiya


Materialni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
Materialni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Metabolizmni boshqarilishida markaziy asab tizimining roli haqida gapirib 
bering. 
2. Metabolizmning gumoral boshqariluvi qanday yuz beradi? 
3. Steroid va oqsil tabiatli gormonlarining metabolizmga ta‘sir etish 
mexanizmi qanday? 
4. Organik moddalar almashinuvidagi jihatlari haqida bayon qiling.
5. Oqsil va uglevod almashinuvini bog‗lilik jihatlari qanday bo‗ladi? 
6. Uglevod va lipid almashinuvi o‗rtasidagi bog‗liqlik jihatlari qanday?
7. Oqsillar va lipidlar metabolizmi o‗rtasida qanday bog‗liqlik mavjud? 
8. Metabolik jarayonlarning birligi haqida nima bilasiz?
9. Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni tufayli qanday funksiyalar 
amalga oshiriladi? 
10. Metabolik jarayonlarda qanday oraliq moddalar ishtirok etadi? 


242 
13. FUNKSIONAL BIOKIMYO 
 
13.1. Funksional biokimyoning predmeti va vazifalari 
Funksional biokimyo – bu nisbatan yosh fan va biokimyoning eng murakkab 
shahobchasi hisoblanadi, u statik va dinamik biokimyo asosida hujayralar, 
to‗qimalar yoki organlarning strukturasi va fizik-kimyoviy xossalarini hisobga 
olgan holda, ularning funksiyalarini makromolekulalar strukturaviy tuzilishlariga 
va ularda sodir bo‗ladigan biokimyoviy jarayonlarga bevosita bog‗liqligiga oid 
tushunchalarni qamrab oladi.
Funksional biokimyo endigina rivojlanib bormoqda va biokimyoning ushbu 
bo‗limida ayrim hujayra, to‗qima va organlarning hayotiy faoliyatini tushunishga 
sintetik asosda yondashuvlar asosida ish ko‗riladi. Funksional biokimyo barcha 
to‗qimalarda sodir bo‗ladigan biokimyoviy jarayonlarni to‗liq qamrab oladi va 
ularni molekulyar darajada ko‗rib chiqadi. Shunday qilib, funksional biokimyoni 
o‗rganish predmeti qonda, jigarda, mushaklarda, buyrakda, biriktiruvchi va suyak 
to‗qimalarida, asab tizimida va boshqalarda sodir bo‗ladigan biokimyoviy 
jarayonlarning yig‗indisi hisoblanadi. Quyida funksional biokimyoning umumiy 
tushunchalariga tegishli ba‘zi bir umumlashtiruvchi fikrlar bo‗yicha mulohaza 
yuritiladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin