Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsillar va karbonsuvlar almashinuvi o‗rtasidagi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
12.2.2. Oqsillar va karbonsuvlar almashinuvi o‗rtasidagi
o‗zaro bog‗liqlik jihatlari 
Ko‗p almashinuvlarning, shu jumladan, oqsil va karbonsuvlarning 
almashinuvini bog‗lovchi zveno uch karbon kislotalar sikli (UKS) hisoblanadi. 
UKSda glikoliz va karbonsuvlarning oksidlanuvchi parchalanishida hosil bo‗lgan 
mahsulotlar-pirouzum, α- ketoglutar, otquloq sirka kislotalar aminlanish va qayta 
aminlanish natijasida oqsillar biosintezida ishlatiladigan ko‗p aminokislotalarni 
hosil qiladi. 
Fosfoyenolpiruvatning 
(glikoliz) 
eritrozofosfat 
bilan 
o‗zaro ta‘siri 
(karbonsuvlarning pentozfosfat yo‗lida parchalanishi) fenilalanin, tirozin, 


238 
triptofanlarning sintezlanishida dastlabki mahsulot hisoblangan 
shikim kislotasini
sintezlanishiga olib keladi. Gistidin pentozafosfat siklining boshqa ishtirokchisi 
riboza-5-fosfatdan hosil bo‗ladi. Oqsillarning karbonsuvlarga aylanishi oqsillarni 
aminokislotalargacha 
gidrolizlanishidan 
boshlanadi, 
keyinchalik 
ular 
d-
dezaminlanadi va hosil bo‗lgan keto kislotalar (piruvat, α-ketoglutarat, 
oksaloatsetat) UKSga kiradi va piruvat orqali glukoneogenez reaksiyalariga 
kirishib, karbonsuvlarni hosil qiladi.
 
Ammo karbonsuvlarni oqsillar bilan taqqoslaganda tirik organizm uchun 
hujayra tuzilmalarining asosini tashkil etishda ancha kerakliroq birikma 
hisoblanadi, shuning uchun ularning karbosuvlarga aylanishi tabiatda kamroq 
hajmda bo‗ladi. Karbonsuvlar qandli diabetga chalingan bemorlarda oqsil va 
aminokislotalardan faol ravishda hosil bo‗ladi. 
Aminokislotalarni uglevodlarga aylanishida buyrakusti bezining po‗stloq 
qismi 
gormonlari‒glukokortikoidlar 
muhim 
rol 
o‗ynaydi. Almashinuv 
jarayonlarida oqsillar va karbonsuvlarning o‗zaro ta‘sirlanishini boshqa usullari 
ham mavjud. Ular, eng avvalo, moddalar almashinuvida xilma-xil va juda muhim 
hisoblanib, oqsillar‒karbonsuv komplekslari‒glikoproteinlarning hosil bo‗lishida 
namoyon bo‗ladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin