Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsillar, karbonsuvlar, nuklein kislotalar va



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

12.2. Oqsillar, karbonsuvlar, nuklein kislotalar va
yog‗lar almashinuvining o‗zaro bog‗liqligi 
Organizmdagi moddalar almashinuvi karbonsuvlar, oqsillar va lipidlar 
almashinuvining o‗zaro bog‗liqligi bilan tavsiflanadi. Organizmda ovqat 
tarkibidagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar turli xildagi o‗zgarishlarga duch kelishi 
natijasida o‗ziga xos xususiyatlarini yo‗qotadi va ko‗pincha bir xil tuzilishga ega 
bo‗lgan kimyoviy moddalarni hosil qiladi. 
 
12.2.1. Organik birikmalar almashinuvi o‗rtasidagi bog‗liqlik haqida umumiy 
tushunchalar
Oldingi bo‗limlarda moddalar: oqsillar, nuklein kislotalar, karbonsuvlar, 
lipidlar va boshqalarning almashinuvi bilan bog‗liq masalalar alohida-alohida 
ko‗rib chiqilgan edi. Biroq tirik organizmda bu almashinuv jarayonlari o‗zaro bir-
biri bilan bog‗liq bo‗lib, ularning o‗zaro ta‘sirlanishlarini inobatga olmasdan 
umuman hayotiy hodisalar majmuasini tasavvur qilib bo‗lmaydi. Bu xil alohida 
yuz beradigan almashinuvlarning o‗zaro ta‘siri natijasida metabolik jarayonlarning 


236 
yagona tizimi vujudga keladi, bu sifat jihatdan yangi shaklga – hayot deb 
nomlangan mo‗jizaviy hodisani yuzaga keltiradi. Organizmning yaxlitligi deganda, 
uning alohida qismlari uchun xos bo‗lmagan, lekin ularning o‗zaro ta‘sirlanishi 
tufayli yuzaga chiqadigan yangi sifat va xossalari bilan tavsiflanadigan butunlik 
tushiniladi.
Organik birikmalarning alohida sinflari almashinuvining o‗zaro bog‗liqligi, 
ayniqsa, ularning o‗zaro o‗zgarishi jarayonida yaxshi namoyon bo‗ladi. Tirik 
mavjudotlar tanasida yuz beradigan moddalar almashinuvi xaotik tarzda davom 
etmay, balki qat‘iy integratsiyalangan va ―noyob tarzdagi sozlikda‖ sodir bo‗ladi. 
Organik moddalarning barcha transformatsiyalari, anabolizm va katabolizm 
jarayonlari bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir. Xususan, sintez va parchalanish 
jarayonlari 
kimyoviy 
jarayonlarni 
zaruriy 
yo‗nalishga 
yo‗naltiradigan 
neyrogumoral mexanizmlar orqali o‗zaro bog‗liq holda muvofiqlashtiriladi va 
boshqariladi. Har qanday kimyoviy reaksiyaning jadalligi, yo‗nalishi fermentlar 
tomonidan belgilanadi, ya‘ni aytish mumkinki oqsillar, lipidlar, karbonsuvlar va 
nuklein kislotalarning almashinuvigacha bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. O‗z navbatida
har qanday oqsil-fermentni sintezi uchun DNK va ribonuklein kislotalarning uch 
turi: t-RNK, m-RNK va r-RNK larning ishtirokini talab qilinadi. Hozirgi vaqtda 
asosiy oziq-ovqat manbalari tarkibidagi karbonsuv, oqsil va yog‗ molekulalarining 
parchalanishi tufayli energiya hosil bo‗lishini integratsiyalaydigan uchta asosiy 
bosqichi mavjudligi isbotlangan. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin