Biokimyo va molekulyar biologiya


 C vitamini (askorbin kislota, antiskorbut yoki



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

10.4.7. C vitamini (askorbin kislota, antiskorbut yoki
antisinga vitamini) 
C vitamini – antiskorbut, antisinga omili nomi o‗rta asrlarda epidemiya 
tavsifli kasallikdan himoya qiluvchi ta‘sirga ega ekanligi tufayli kelib chiqqan. Bu 
vitaminning oziq-ovqat tarkibida yetishmasligi jiddiy kasallikka olib keladi. Singa, 
asosan bahorda, aholida yetarli miqdorda yashil sabzavot va mevalarni iste‘mol 
qilish imkoniyati bo‗lmagan paytlarda uchraydi. Kimyoviy tuzilishi jihatdan C 
vitamini L-glyukozaga o‗xshash tuzilishga ega bo‗lgan kislota laktonidir. C 
vitamini suvda yaxshi eriydigan oq kristall moddadir. Boshqa vitaminlar bilan 
taqqoslaganda C
vitaminining barqarorligi past va uni neytral va ishqoriy muhitda 
biroz qizdirish osongina parchalanib ketishiga sababchi bo‗ladi. Askorbin kislota 
kuchli kislota hisoblanadi; uning kislotali xususiyati 2- va 3-uglerod atomlari 
o‗rtasida joylashgan qaytar dissotsiatsiyalangan ikkita enol gidroksil mavjudligi 
tufayli namoyon bo‗ladi. C vitamini oksidlanish darajasiga qarab askorbin, 
degidroaskorbin va diketogulon kislotalari shakllarida bo‗lishi mumkin: 
23-rasm. Odamlardagi 
simmetrik dermatit 
(Karris bo„yicha).


211 
Singa kasalligida yurak urishini jadallashuvi, nafasning qisilishi, tez 
charchash yuz beradi, shuningdek, organizmning turli xil kasalliklarga, ayniqsa, 
oshqozon-ichak trakti va nafas yo‗llari kasalliklariga chidamliligini pasayishi va 
qon tomirlari devorlarini shikastlanishi kuzatiladi.
Singa kasalligining o‗ziga xos belgisi qon tomirlari devorlari, ayniqsa, 
kapillarlari shikastlanadi, ularning devorlarini mo‗rtligi va o‗tkazuvchanligi oshib 
ketadi. Qon tomirlarining shikastlanishi qon ketishi, qon oqishiga va milklarning 
shikastlanishiga olib keladi. C vitamini biriktiruvchi va tayanch to‗qimalarini 
shakllanishida ishtirok etadigan xondromukoid oqsilini hosil bo‗lishini 
stimullashi aniqlandi. Singada, ayniqsa, tishlarning ham shikastlanishi kuzatiladi. 
Bunda suyaklarning sinishi, tishlarning bo‗shashi va tushib ketishi yuz beradi. 
Suyak to‗qimasining o‗zgarishlari bu to‗qimaning mustahkamligini belgilovchi 
oqsil-kollogenning hosil bo‗lishini izdan chiqishi tufayli yuz beradi. Shuningdek, 
singada kislotalikning kamayishi, me‘daning fermentativ faolligining pasayishi 
kuzatiladi. Askorbin kislota tirozin va fenilalaninning oksidlanishiga, kollagen 
oqsilining hosil bo‗lishiga, jigarda glikogenning sintezlanishi va yig‗ilishiga olib 
keladi. Askorbin kislota qon ivishini kuchaytiradi, buyrak usti bezi po‗stloq qismi 
gormonlarining hosil bo‗lishi va oksidlanishida muhim rol o‗ynaydi, toksinlar 
(difteriya, sil, dizenteriya va h.k.)ni va ba‘zi kimyoviy zaharlar(mishyak, 
qo‗rg‗oshin, benzol va boshqalar)ni neytrallannishida ishtirok etadi; bilirubin va 
o‗t sekretsiyasini kuchaytiradi. C vitamini manbayi sabzavot mahsulotlari 
hisoblanadi. Lekin bu vitamin hayvon mahsulotlarida ham ko‗p miqdorda 
uchraydi. Quyida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi C vitaminini mg % 
hisobidagi miqdori bo‗yicha ma‘lumotlar keltirilgan. O‗simlik mahsulotlaridan 
na‘matakda ‒ 1500; pomidorda ‒ 40; yerqalampirida ‒ 250; ismaloqda ‒ 50; 
gilosda ‒ 15; qulupnayda ‒ 60; smorodinada ‒ 300; malinada ‒ 30; apelsinda ‒ 40; 
yong‗oqda ‒ 1200; yozda nina barglilarda ‒ 100; qishda nina barglilarda ‒ 250; 
olma qishda ‒ 30; ko‗k piyoz qishda ‒ 60; turp qishda ‒ 23; hayvon mahsulotlari: 


212 
jigar qishda ‒ 25-40; go‗sht qishda ‒ 2-10; sut qishda ‒ 1; qimiz qishda ‒ 20 mg % 
uchraydi.
Voyaga yetgan odamning C vitaminiga bo‗lgan kunlik ehtiyoji, mehnatining 
intensivligi va tabiatiga bog‗liq holda 50-100 mgni tashkil qiladi. Homilador 
ayollar va emizikli onalar uchun bir kunlik talab 100-150 mgni tashkil qiladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin