27
Oqsillarning ko‗p qismi gidrofil moddalar bo‗lib, ular suvli eritmalarda
yaxshi eriydi. Ularning eruvchanligi boshqa makromolekulyar moddalar kabi
molekulaning yuza qismi konformatsiyasini makonda joylashuvi orqali
belgilanadi.
Oqsillarning
suvda
eruvchanligi
neytral
tuzlarning
kichik
konsentratsiyasini qo‗shilishi natijasida oshadi. Eruvchanlik erituvchining pH
ko‗rsatkichiga, tarkibiga, haroratiga ham bog‗liq. Eritmalarda oqsillar kolloid
eritma xossalarni namoyon qiladi, ular
aralashmada sekin taqsimlanadi, yarim
o‗tkazgich membranadan o‗tmaydi, nurni tarqatadi va yuqori darajadagi
yopishqoqligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, oqsil eritmalari odatdagi kolloid
eritmalar emasligini yodda tutish kerak, chunki oqsillar yakka molekulalargacha
dispersiyalanadi va gomogen eritma hosil qiladi.
Tabiiy oqsillar aniq belgili fazoviy konfiguratsiyaga ega, harorat va pHning
fiziologik ko‗rsatkichlarida qator fizik-kimyoviy va biologik xossalarni namoyon
qiladi. Turli xil fizikaviy va kimyoviy omillar ta‘sirida oqsillar iviydi va
cho‗kmaga tushadi, tabiiy xossalarini yo‗qotadi, ya‘ni denaturatsiyaga uchraydi.
Shunday qilib, denaturatsiya – bu noyob tuzilishga ega bo‗lgan
oqsil molekulasi
tartibining buzilishi bo‗lib, uning natijasida oqsilning o‗ziga xos xususiyatlari
(eruvchanlik, elektroforetik harakatchanlik, biologik faollik va boshqalar)ni
yo‗qolishiga olib keladi.
Aksariyat oqsillar eritmalari 50-60° Cdan yuqori haroratgacha qizdirilganda
denaturatsiyaga uchraydi. Denaturatsiya paytida, asosan, kovalent bo‗lmagan
bog‗lar va disulfid bog‗larga putur yetadi, peptid bog‗larga esa ta‘sir qilmaydi.
Oqsil eritmasiga qisqa muddatdagi ta‘sirdan keyin uni denaturatsiyani keltirib
chiqaruvchi agentdan xolis qilganda oqsilning dastlabki strukturasi, funksional
xossasi, xususan biologik funksiyasi ham to‗liq tiklanadi.
Odatda, barcha oqsillar ultrabinafsha (UB) nurlarni yutadi. Oqsillarning
ultrabinafsha (UB) nurlari spektor chegarasida yutish xususiyatidan foydalanib,
ularni miqdorini 280 nm to‗lqin uzunligida spektrofotometrik yo‗l bilan tahlil
qilish uslubi ishlab chiqilgan. Oqsil eritmalari optik faol bo‗lib, ular qutblangan
nurlarni burish qobiliyatiga ega hamda sirkular tarzda o‗ng va chap tomonga
qutblangan yorug‗likni bir xil yutmaydi.
Aminokislotalar haqida fikr yuritilsa, ular ham optik faollikka ega. Glitsindan
tashqari hamma aminokislotalar optik faol va juft – L- va D-izomer holatda
uchraydi, chunki aminoguruhli (NH
2
) karbon atomi asimmetrik hisoblanadi.
Polarizatsiyani burish yo‗nalishi ―+‖ yoki ―‒‖ ishoralar bilan belgilanadi.
Tirik organizmlarda L va D shakldagi aminokislotalar uchraydi.
Tabiiy oqsillar tarkibida faqat L-aminokislotalar bo‗ladi. Aminokislotalar
suvda yaxshi eriydi. Neytral suvli eritmalardan dissotsiatsiyalanmagan molekulalar
tarzida emas, balki bipolar (amfoter) ionlar (svitterionlar) tarzida kristallanadi.
28
Alanin Svitterion alanin
Kristall aminokislotani suvda eritganda u o‗zini yo kislota (protonning
donori) sifatida:
NH
3
+
CH/CH
3
/COO
-
= H
+
+ NH
2
/CHCH
3
/COO
-
yoki asos (akseptor) sifatida namoyon qiladi:
NH
3
CH/CH
3
/COO
-
+ H
+
= NH
3
+
CH/CH
3
/COOH
Aminokislotaning muhim xossalaridan biri bu ularning optik faolligidir.
Ular suv (yoki HCl)da eruvchan bo‗lib, qutblangan nurni burish qobiliyatiga ega.
Bu narsa barcha (glitsindan tashqari) aminokislotalarning zanjirini α-qismida
asimmetrik karbon atomi mavjudligidandir (ya‘ni bunda karbonning to‗rttala
valentliklari ham bir-biridan farqlanuvchi guruhlar bilan bog‗langan bo‗ladi).
Aminokislotalarning o‗ng yoki chap tomonga qarab solishtirma burish
ko‗rsatkichi optik zichlikning miqdoriy tavsifi hisoblanadi va ko‗p aminokislotalar
uchun [α]+
25
D
u 10 dan 30° gachani tashkil qiladi; oqsillar tarkibida uchraydigan
aminokislotalarning yarmidan ko‗prog‗i o‗ngga buruvchi bo‗lib, ular (Ala, Ile,
Glu, Liz va boshq.) ―+‖
ishora bilan belgilanadi, yarmidan kamrog‗i esa chapga
buruvchi (Fen, Trp, Ley va boshq.) hisoblanadi, ular ―‒‖ ishora bilan belgilanadi.
Yuqorida keltirilganidek, tirik organizmlar tarkibidagi oqsillarning
aminokislotalari L-izomer hisoblanadi. Treonin va izoleysindan tashqari barcha
aminokislotalarda bittadan asimmetrik karbon atomi uchrab, ikkitadan (L va D)
izomeri bo‗lsa, treonin va izoleysinlarda ikkitadan asimmetrik karbon atomi
uchraydi va to‗rttadan izomeri bo‗ladi, masalan:
L-alanin D-alanin
Aminokislotalar-atsillanish, alkillanish, nitratlanish,
eterifikatsiya va
boshqa turli xil reaksiyalarga kirishadi. Barcha aminokislotalar ningidrin bilan
reaksiyaga kirishib ko‗k-binafsha rangga bo‗yaladi. Ularni miqdorini kimyoviy
usulda aniqlaganda ham, avtomatik analizator yordamida aniqlaganda ham shu
reaksiyadan foydalaniladi.
Bundan tashqari, alohida aminokislotalar turli xil sifatiy reaksiyalarga
kirishadi, masalan, nitrat kislotasi ishtirokida simob nitrat bilan tirozin qizil rangga
29
bo‗yaladi (Millon reaksiyasi). Konsentrlangan nitrat kislota bilan fenilalanin va
tirozin sariq rang hosil qiladi (ksantoprotein reaksiyasi). Glioksil kislotasi bilan
triptofan konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida ko‗k-binafsha rang (Gopkins-Kol
reaksiyasi) hosil qiladi. Arginin alfa-naftol va natriy gipoxlorid bilan qizil rangga
bo‗yaladi (Sakaguchi reaksiyasi). Natriy nitroprussid va 1-, 3-naftoxinon, 4-
sulfonat bilan sistein qizil rang (Sallivan reaksiyasi) hosil qiladi. Ishqoriy eritmada
diazotlangan sulfonat kislotasi ishtirokida gistidin va
tirozin qizil rangga kiradi
(Pauli reaksiyasi). Fosfomolibden-volframat kislotasi bilan tirozin ko‗k rang beradi
(Folin-Chiokalteu reaksiyasi).
Deyarli barcha aminokislotalarda alfa-amino va alfa-karboksil guruhlari oqsil
molekulasining peptid bog‗larini shakllantirishda ishtirok etadi va shu bilan birga
erkin aminokislotalarga xos bo‗lgan kislota asos xususiyatlarini yo‗qotadi. Shuning
uchun oqsil molekulalarining tarkibiy xususiyatlari va funksiyalarining xilma-
xilligi aminokislotalar radikallarning kimyoviy tabiati va fizik-kimyoviy
xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladi.
Tabiiy oqsillar 10
6
xil turdagi organizmlarda mavjud. Olimlarning fikriga
ko‗ra, jami tirik organizmlarda uchraydigan tabiiy oqsillarning umumiy miqdori
10
10
-10
12
ga teng. E.coli nitritlar va nitratlar yoki ammiak yordamida barcha
aminokislotalarni sintez qila oladi, sut kislotasi bakteriyalari esa bu qobiliyatga ega
emas. Yuksak umurtqali hayvonlar barcha kerakli aminokislotalarni sintezlay
olmaydi. Inson tanasida va kalamushlarda 20 xil aminokislotalardan 10 tasi
sintezlanadi, shuning uchun ularni bir-biridan farqlanuvchi almashinadigan va
almashinmaydigan aminokislotalarga ajratiladi (4-jadval).
4-jadval.
Dostları ilə paylaş: