31
hujayradagi protoplazma harakati va boshqalar) hujayralarning oqsil tuzilmalari
tomonidan amalga oshiriladi. Mushaklar qisqarishi va bo‗shashi vaqtida ko‗plab
oqsil birikmalari ishtirok etadi. Ammo, bu hayotiy jarayonlarda asosiy rolni aktin
va miozinning o‗ziga xos mushak to‗qimalarining oqsillari o‗ynaydi. Qisqarish
funksiyasi faqat mushaklarning oqsillariga xos bo‗lib qolmasdan, balki hujayra
faolligining eng nozik jarayonlarini (mitozda) ta‘minlaydigan sitoskelet oqsillariga
ham xosdir.
4
.
Transport funksiyasi
. Qon oqsili ‒ gemoglobin kislorodni o‗pkadan
to‗qima va organlarga tashiydi. Yog‗ kislotalarining organizm bo‗ylab tashilishi
boshqa qon oqsili, albumin ishtirokida sodir bo‗ladi. Lipidlarni, temirni, steroid
gormonlarni va boshqalarni tashuvchi qon oqsillari mavjud. Ko‗p moddalarni
hujayra membranalari orqali ko‗chirilishi maxsus tashuvchi oqsillar tomonidan
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: