32
Oqsillar funksiyalarini xilma-xilligi yuqorida qayd qilib o‗tilgan funksiyalar
bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, oqsillarning boshqaruv funksiyasi faqat
katalitik va gormonal ta‘sirlar bilan cheklanmaydi. Oqsillar orasida genom
faolligini boshqaruvchi juda muhim guruh ‒ oqsillar borligi aniqlangan. Ba‘zi
polipeptidlar ferment ingibitorlari rolini bajaradi va shu orqali bu fermentlarning
faolligi boshqariladi. Yaqinda xulq-atvor va psixikaning ba‘zi jihatlarini
boshqarishda ishtirok etuvchi miyaning maxsus oqsillari (MMO) mavjudligi
aniqlandi. Bu narsa orqa miya suyuqligi va qon bilan o‗tkaziladigan nozik
immunokimyoviy uslublar yordamida o‗tkaziladigan tahlil asosida MMO guruhi
oqsillari tarkibi va xulq-atvor, psixikaning ba‘zi tomonlari o‗rtasida korrelatsiya
mavjudligini aniqlashga imkon berdi. Oqsillar xalq xo‗jaligida katta ahamiyatga
ega. Avvalo, bu ahamiyatning ko‗lami oqsillarning inson va qishloq xo‗jalik
hayvonlarining eng muhim oziq-ovqat komponenti ekanligi bilan belgilanadi. Ko‗p
jihatdan, odamlarning sog‗ligi va qishloq xo‗jalik hayvonlarining mahsuldorligi
ratsiondagi protein miqdoriga bog‗liq. Oqsillarning barcha organizmlar hayotidagi
ahamiyatini ustuvorligi, ularning xalq xo‗jaligidagi ahamiyatini, biokimyoda unga
bo‗lgan qiziqishni, oqsillarni o‗rganishga qaratilgan biokimyoviy tadqiqotlarning
markaziy o‗rinda bo‗lishini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: