01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
19. L-arginin I.n.: α-amino- σ-guanidinovalerian kislota.
20. L-gistidin I.n.: α-amino-β-imidazolil propion kislota.
Molekulyar og‗irligi 6000 Da gacha bo‗lgan polipeptidlarga
peptidlar , 6000
Da va undan yuqori bo‗lsa
oqsillar deyiladi. Nazariy jihatdan, agar ikkita
aminokislotadan ikkita dipeptid hosil bo‗lsa, to‗rttasidan 24 ta tetropeptid va
proteinogen 20 xil aminokislotadan esa 2.4.10
18
ga teng sondagi izomerlarni olish
mumkin. Olimlarning fikriga ko‗ra, E.coli organizmida jami 3000 xil oqsil bo‗lsa,
odamlarda L.Polingning hisoblariga ko‗ra, oqsillarning miqdori taxminan 100000
ni tashkil qiladi. Lekin so‗nggi tadqiqotlar bu ko‗rsatkich ancha yuqori
ko‗rsatkichda ekanligini isbotlamoqda.
Ma‘lumki, odam, hayvonlar, o‗simliklar to‗qimalari va organlaridagi hamda
mikroorganizmlar tarkibidagi oqsillar bir-biridan tubdan farqlanadi, ular turga xos
xususiyatga ega. Boshqa organizmning oqsili, masalan, hayvon qoniga kiritilgan
tovuq tuxumi oqsili unga toksik ta‘sir ko‗rsatadi.
Oqsillarning turga oid maxsusligi faqat aminokislota tarkibi, balki molekulada
ularning ketma-ketligi bilan ham farqlanadi. Oziq-ovqat bilan qabul qilingan oqsil
moddalari bevosita to‗g‗ridan-to‗g‗ri organizmning ichki muhitiga kirmaydi, balki
ovqat hazm qilish organlari orqali o‗tib, ular aminokislotalargacha parchalanadi va
bundan keyin turga xos maxsuslikka ega bo‗lmay qoladi.
Qonga so‗rilgan aminokislotalar, keyinchalik to‗qimalarda muayyan
organizmning o‗ziga xos bo‗lgan oqsillar tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda turli xil
hayvonlar turlarida bir xil biologik funksiyani bajaradigan oqsillarning kimyoviy
tuzilishida farqli jihatlar mavjudligi aniqlandi. Organizmning turli to‗qimalari va
organlari oqsillari ham o‗ziga xos maxsuslikka ega. Bu xildagi o‗ziga xoslik,
37
ma‘lum to‗qima va organ funksiyasi, shuningdek, oqsillarning tuzilishida farqning
mavjudligi bilan izohlanadi.