Mavzu: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə1/7
tarix22.08.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#140115
  1   2   3   4   5   6   7
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

Mavzu: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari

Guruh: M-112

Bajardi : Hamzaliyev J.

Tekshirdi: Ibragimov N.M.

.


MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar
  • Reja:
  • 1. Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari
  • 2. Axborot tizimi va uning vazifalari.
  • 3. Axborot tizimlarining tuzilishi va tasnifi.
  • 4. Axborot tizimlarining turlari.

Kirish

  • Kirish
  • Davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari turkumiga kirib, uning asosiy vazifasi mamlakat miqyosida soliqqa oid umumlashtiruvchi axborotlarni saqlash, unga ishlov berish va qidirish hamda kompyuterlarda axborotlarni to‘plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog`liq amallarni bajarishdan iborat.
  • Soliq tizimida axborot texnologiyalarining vazifasi soliq xizmati organlari oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida to‘langan soliqlar va yig`imlar tushumi haqida ma’lumotlar statistikasini olib borish va tegishli organlarga uzatish, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishni ta’minlashdan iborat.
  •   Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari
  •  Soliq xizmati organlarida axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati organlari bajaradigan funksiyalar, vazifalar, bir xildagi operatsiyalarni yangi dasturlar bilan imkoni boricha kengroq qamrab olishni ta’minlashdir, zero bu dasturlar soliq ma’lumotlariga ishlov berish jarayonini jadallashtirish, soliq inspektorlari ishining samaradorligini oshirish, ularning ishidagi bir tusdagi hisob-kitob va oxiri yo‘q yozuvlar bilan ishlash yukini kompyuter statistikasining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda ijodiy tahlil qilish sohasiga chiqish imkonini beradi.
  • Xodimlar ishini avtomatlashtirishning asosiy jihati soliq xizmatining asosi - soliq inspektorlari faoliyatini avtomatlashtirish, bunda soliq to‘lovchilar va ularning soliq majburiyatlari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan banklarini barpo etish, ya’ni hududiy organlar va markaziy apparatning o‘zini axborot bilan ta’minlashni avtomatlashtirish hisoblanadi. Bugungi kunda Davlat soliq idoralarida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilmoqda. Katta sa’y-harakatlar axborotni bosqichlar o‘rtasida ayirboshlash vazifasini majmuali hal etishga qaratilgan, bu esa joylardan soliq xizmatining markaziy apparatiga uzatiladigan hisobot va tahliliy ma’lumotlarning tezkorligi, haqqoniyligi va sifatini oshiradi.
  •  Axborotlashtirish xizmatlari DSQ hududiy bo‘linmalarida ham joriy etilgan. Ular yangi dasturiy ta’minot va elektron-hisoblash texnikasi vositalarini joriy etish va ishlatish bilan shug`ullanadilar, tizimli va amaliy dasturiy mahsullarning uzluksiz va uyg`un ravishda ishlashini, o‘zaro axborot bilan hamkorlikni ta’minlaydilar. Soliq tizimida soliq axborotiga birinchi ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlari asosiy tamoyillari va ularni rivojlantirish yo‘llarini belgilaydigan.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin