Mavzu: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə6/7
tarix22.08.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#140115
1   2   3   4   5   6   7
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari

 Funksional alomat tushunchasi

  •  Funksional alomat tushunchasi
  • Funksional alomat tizimga tegishli qism tizim vazifasi, uning asosiy maqsadlari va funksiyalarini aniqlaydi. Axborot tizimining strukturasi funksional tizim qismlari to‘plamidan iborat, funksional alomat esa axborot tizimlarini tasniflashda foydalaniladi. Ishlab chiqarish, tijorat obyektlari bo‘yicha xo‘jalik yuritish amaliyotida funksional alomat quyidagi faoliyat turlari bilan bog‘liq: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar. Ishlab chiqarish faoliyati bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnika yangiliklarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq.
  •  
  • Marketing faoliyati quyidagilardan iborat:
  • • ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bozorini tahlil etish, savdo-sotiqni tahlil etish;
  • • mahsulot realizatsiyasini ta’minlash uchun reklama kampaniyasini tashkil etish;
  •  • moddiy-texnika ta’minotini ratsional (oqilona) tashkil etish.
  •  
  • Moliyaviy faoliyat firmaning buxgalteriya, statistik va operativ axborotlari asosida resurslarni nazorat etish va tahlil qilishni tashkil etish bilan bog‘liq. Kadrlarga oid faoliyat firma uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, bu boradagi xizmat hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq. Yuqoridagi faoliyatlar mos ravishda axborot tizimlarini umumiy holda quyidagi turlarga ajratish imkonini beradi:
  •  • ishlab chiqarish tizimlari;
  • • marketing tizimlari;
  • • moliyaviy va hisobga olish tizimlari;
  • • kadrlar tizimi;
  • • firma faoliyati va uning xususiyatidan kelib chiqqan holda yordamchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan boshqa turdagi tizimlar turi.
  • Yirik firmalarda asosiy axborot tizimi funksional vazifalarni bajaruvchi bir necha qismtizimlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyaning axborot tizimi quyidagi qism-tizimlardan tashkil topadi: zahiralarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, mahsulot realizatsiyasini boshqarish, alohida bo‘limlar (buxgalteriya, rejalashtirish, kadrlar va boshqalar) ishini boshqarish va shu kabilar.
  •  

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin