Mavzu: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari


Axborot tizimi va uning vazifalari



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə3/7
tarix22.08.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#140115
1   2   3   4   5   6   7
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari

Axborot tizimi va uning vazifalari.

  • Axborot tizimi va uning vazifalari.
  • Tegishli tashkilotlar (obyektlar)da faoliyat ko‘rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.
  • Axborot tizimlarining asosiy vazifasi — barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.
  • Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor.
  •  Ushbu har bir darajaning o‘z vazifalari bo‘lib, ularni hal etishda axborotga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirshni imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos bo‘luvchi axborot paydo bo‘ladi.
  •  Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo‘ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intelektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog‘idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj bo‘ladi.
  • Axborot texnologiyalari kabi axborot tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala. Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining o‘sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
  • Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o‘z navbatida «sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, to‘plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo‘yicha ishi qisman amalga oshirilgan.
  • Axborot tizimilarining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko‘rsatish — qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa — qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Avtomatlashtirilmaga Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
  • Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish — tashkilot axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‘lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qo‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va hatto axborot tizimining butun boshli sinfi — qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
  • Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimi albatta, unga kibernetik nuqtai nazardan yondashuviga ko‘ra belgilangan. Agar boshqaruv tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi, xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko‘rish, tashkilotning ichki madaniyati va hokazo omillar ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘sh, ta’sir ko‘rsatish nima degani? Bu axborot tizimida qanday axborot mavjudligi, u qanday saqlanishi, qay yo‘sinda qayta ishlanishi, ushbu tizim qanday ishlashi va hokazolarni oldindan belgilashni anglatadi.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin