Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Ma’lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimini rivojlantirish” konsepsiyasi ishlab chiqildi va maqsadli amalga oshirilmoqda. Unda soliq xizmatining uchchala bosqichini hisoblash va kommunikatsiya uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash ko‘zda tutilgan, bu esa soliq axborotiga to‘liq va tezkor ishlov berish hamda uni saqlashni ta’minlaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalari orasida ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari bilan ishlash va soliq ma’lumotlarining yagona axborot bazasini yaratish ham bor. Mijoz-tarmoq intranet, internet vositalariga asoslangan axborot tizimlari joriy etilmoqda. Soliq tizimi uchun boshqa davlat tashkilotlarining axborot tizimlari bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Axborot oqimlari qo‘shilganda va ularning o‘zaro ayirboshlanishida qo‘shimcha hisob tavsiflari bilan soliq to‘lovchilar reestrini, soliq qonunchiligini buzishlar bo‘yicha malumotlarning qo‘shma bankini, yuridik va jismoniy shaxslardan soliq tushumlari borasida budjetning shaxsiy hisob-varaqlaridagi harakatlar to‘g`risida ma’lumotlar bankini yaratish va ulardan birgalikda foydalanish mumkin bo‘ladi. Shu sababli idoralararo axborot ayirboshlashning avtomatlashtirilgan integratsiya tizimini yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich ish olib borish maqsadga muvofiq. Xususan, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, iqtisodiyot vazirligi va boshqa idoralar bilan axborot ayirboshlash borasida hamkorlik qilinmoqda.

Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan ma’lumotlarni uzatish korpotariv tarmog‘ining har bir bo‘g`inida belgilangan talablar bo‘yicha asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· bo‘g`inlar va tizimning bosqichlari o‘rtasida axborotni uzatish tizimi joriy etilgan;
· avtomatlashtirilgan tizim, hamda u bilan bog`liq bo‘lgan axborotlashgan tizim o‘rtasida axborotlar almashish yo‘lga qo‘yilgan;
Dasturiy – texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minot unifikatsiyalashtirilgan.
Soliq xizmati organlarida joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining tuzilishi va tarkibi hamda unga yuklatilgan vazifalar soliq tizimida boshqaruvni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga u takomillashib, yangilanib borish xususiyatiga ega.