Mavzu: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə4/7
tarix22.08.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#140115
1   2   3   4   5   6   7
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimi va texnologiyalarining funksional masalalari

Axborot tizimlarining tuzilishi

  • Axborot tizimlarining tuzilishi
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega (1-rasm). Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.
  • Axborot ta’minoti — tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
  • U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
  • Texnik ta’minot. Texnik ta’minot — axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
  •  Matematik ta’minot. Matematik ta’minot — axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui.
  • Dasturiy ta’minot — bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir. Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashxis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi.
  • Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ularga foydalanuvchiga mo‘ljallangan va axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi.
  •  Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o‘xshash ishlab chiqilgan modellar, ma’lum bir obyektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
  • Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot — axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
  • Ergonomik ta’minot (sharoit) — ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir.
  •  Maqsad — xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash. Huquqiy ta’minot — axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustahkamlash sanaladi.
  • Huquqiy ta’minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me’yoriy hujjatlari kiradi.
  • Lingvistik ta’minot — axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin