01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
3.6. Oqsillarning polipeptid tuzilishi Zamonaviy sharoitda ko‗plab yuqori molekulyar og‗irlikdagi oqsillarning
aminokislota ketma-ketligi aniqlandi va ularning kimyoviy sintezi amalga oshirildi
va bu narsa polipeptidlar orasida peptid bog‗larning mavjudligini bildiradi.
Oqsillarning polipeptid tuzilishga egaligini quyidagi dalillar to‗liq isbotlaydi:
1. Tabiiy oqsillarning tarkibida titrlanadigan -COOH va -NH
2
guruhlari kam,
chunki ular bog‗langan holda bo‗ladi.
2. Oqsillar gidrolizidan keyin aminokislotalargacha parchalanadi, shuning
uchun titrlanadigan -COOH va -NH
2
guruhlarini soni ko‗payadi.
3. Proteolitik fermentlarning ta‘sirida oqsillar aniq belgilangan bo‗lak
(fragment)larga
bo‗linadi, ular polipeptidlar bo‗lib, ularning terminal
aminokislotalariga faqat o‗ziga mos keladigan proteinazalargina ta‘sir etadi.
Keyinchalik, bunday bo‗laklarning strukturasi kimyoviy sintez yo‗li bilan to‗liq
isbotlandi.
4. Biuret ham, oqsil ham biuret reaksiyasini beradi, demak, ikkala holatda
ham peptid bog‗ borligini isbotlaydi.
5. Gomogen oqsillarning rentgenogrammasini tahlili ham oqsillarning
polipeptid tuzilishini tasdiqlaydi.
6. Keyingi vaqtlarda insulin (51 aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan),
lizozim (121), ribonukleaz (124)larni kimyoviy sintezlanishidan so‗ng oqsillarning
polipeptid strukturasi to‗g‗risida hech qanday shubha qolmadi.
3.7. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‗rtlamchi tuzilmalari (strukturasi). Biokimyogarlar polipeptid zanjirda uchrovchi aminokislotalarning o‗zaro bir-
biri bilan bog‗lanishlarini batafsil o‗rganish asosida K.Linderstryom-Lang oqsil
molekulasining strukturaviy tuzilishi to‗rt darajada, ya‘ni birlamchi, ikkilamchi,
uchlamchi va to‗rtlamchi tuzilmali ekanligiga oid fikrlarini tasdiqlanishi asosida bu
muammolarning yechimiga yanada yaqinlashdilar.