Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

183
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
– Boshqaruv jarayonida – o‘ziga bo‘lgan ishonchda, o‘z-o‘zini tanqid qila 
olish qobiliyatida va boshqaruv uslibida;
– Xarakter xususiyatlarida – axloqiylik, halollik, adolatlilik, tartiblilik, 
intizomlilik va hokazo.;
– Hissiy-irodaviy xususiyatlarida – qatʼiyatlilik, topqirlik, xotirjamlik, 
jasoratlilik, vazminlilik, dadillik, mustaqillik, hissiy barqarorlik kabilarda aks etadi.
Ta’lim psixologiyasining yetakchi mutaxassisi Elena Dmitriyevna Bojovich 
fikricha, pedagog mutaxassislarda mas’uliyatlilik hissini yuksaltirishda 
muvaffaqiyatli mehnat munosabatlarini ta‘minlovchi quyidagi psixologik 
fazilatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim:
- “Mustaqillik” bu ko‘p qirrali pedagogik va psixologik jarayon, bu oddiy 
hodisa emas, balki insonning yuksak, sifatli va talab qilinadigan ta’lim faoliyati;
- “O‘z-o‘zini anglash” - bu subyektiv (ichki) jarayon, bu shaxsiy, individual 
(o‘ziga xos) faoliyat shartlari bilan izohlanadi, shuningdek, yuqori maqsadlarni 
qo‘yadi, ma‘naviy ehtiyojlarini qondiradi, imkoniyat motivlaridan foydalanadi;
- “O‘z-o‘zini faollashtirish” - bu insonning subyektiv faoliyatida ichki motiv 
(harakatga keltiruvchi ichki kuch) larning kurashi bilan izohlanadi, shu tufayli 
bilish jarayonlari faolligi oshadi;
- “O‘z-o‘zini tashkil etish” - bilimlarni egallash paytida insonning aqliy 
qobiliyatlarida paydo bo‘ladi, bu o‘qituvchining muammo oldida aqliy, 
intellektual, hissiy qobiliyatlari, shuningdek, iroda cheklovlari va muammoni hal 
qilishdagi maqsadi bilan belgilanadi;
- “O‘z-o‘zini boshqarish” - faoliyatni boshlashda psixologik xavfsizlikni va 
bilim, ko‘nikmalar, malakalarni dastlab idrok etish hamda oqilona, odilona 
qarorga kelish. Ushbu holat tufayli pedagog majburiyat va vazifalarini bajarishda 
jarayonlarni mustaqil ravishda boshqaradi;
- “O‘z-o‘zini nazorat qilish” - faoliyatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib shaxsning 
ma’naviy-axloqiy, aqliy darajasi, dunyoqarashi va olgan bilimlari bilan belgilanadi.
E.F.Zeer o‘z tadqiqotlarida kasbiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish va kasbiy 
masʼuliyatning shakllanish bosqichlari masalalariga alohida eʼtibor qaratib, uni 
kasbiy soha uchun belgilangan standart bilimlar tizimi bilan tushuntiradi. 
Muallifning so‘zlariga ko‘ra kasbiy rivojlanish uzluksiz jarayon bo‘lib, u 
quyidagi bosqichlardan iborat:
– Birinchi bosqich (4-12 yosh) – bolalar va o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlar 
va istaklar paydo bo‘lish davri. Dastlabki ko‘nikma va malakalarni egallash yaʼni, 
biror- bir faoliyat uchun tayyorgarlik bosqichi.


184
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
– Ikkinchi bosqich (12-16 yosh) – shaxsda kasbiy niyatlarning shakllanish 
bosqichi bo‘lib, u istalgan yoki majburiy tarzda kasb tanlash jarayoni bilan 
yakunlanadi. Bu hodisa ayrim manbalarda kasbiy o‘z-o‘zini belgilash bosqichi, 
deb ham nomlanadi.
– Uchinchi bosqich (16-23 yosh) – kasbiy tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, 
unda o‘quvchi yoki talabalar sohaga oid yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira 
boradilar. Shu bilan birga, yangi ijtimoiy rol, yangi munosabatlar, yangi guruh va 
soha vakillari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish davridir.
– To‘rtinchi bosqich (25-30 yosh) – kasbiy moslashish hamda kasbiy 
kompetensiyalarni shakllantirish bosqichi sanalib, unda inson o‘z-o‘zini 
rivojlantirish, o‘z ustida ishlash qobiliyati, maxsus qobiliyat, o‘zini o‘zi 
takomillashtirish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Bu jarayon ijtimoiy javobgarlikni 
anglash, o‘z burchini mohirona ijro eta borish bosqichi ham hisoblanadi. Demak, 
kasbiy masʼuliyatning namoyon bo‘lishi dinamik xarakterga ega bo‘lib, har bir 
yosh bosqichida rivojlana boradi.
V.I.Baydenkoning fikricha, shaxsda masʼuliyat hissi namoyon boʼlishining 
quyidagi darajalari mavjud:
– Mikro darajada – bu masʼuliyat hissining psixofiziologik asoslarida aks 
etib, unda shaxs o‘z avtonom mavjudligini yaratadi. 
– Mezo darajada – jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy meʼyorlar, 
qonun va qoidalarning mazmunini o‘zlashtirish. 
– Makro daraja – bunda inson ongli mavjudot sifatida, ijtimoiy 
munosabatlarning subyekti sifatida, maʼnaviy tuzilma sifatida, ijodkor subyekt 
sifatida, intellekt egasi sifatida tan olinadi. 
– Meta daraja – ushbu daraja yuqoridagi barcha darajalarni oʼz mazmuniga 
birlashtirib, u insonga mustaqil harakat qilish, mustaqil fikrlash, boshqalarga 
taʼsir qila olish kabi imkoniyatlarni beradi. 
Xulosa qilib aytganda, bugungi kun mutaxassislari nafaqat jismonan 
barkamol, balki aqlan yetuk, ruhan sog‘lom, zamonaviy axborot texnologiyalari 
sirlarini puxta o‘zlashtirgan, o‘z sohasiga oid ilg‘or bilimlardan xabardor, kasbiy 
yo‘nalgan, o‘z mutaxassisligi uchun shart sanalgan kompetensiyalarga ega, 
yuqori darajada kasbiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, kasbiy masʼuliyat 
hissini anglay oladigan, har qanday sharoitda o‘z vazifalarini oqilona bajara 
oladigan, ijtimoiy faol hamda fidoyilik kabi sifatlarga ega bo‘lmog‘i lozim sanaladi. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin