particular, the relevance and significance of the problem are revealed through the level of population growth and issues of ensuring its employment. KEYWORDS: population, employment of women, unemployed women, profession, specialty, “women’s notebook”, gender equality, labor market, mahalla driver, mahalla work system, vocational education, economic growth, developed countries, poverty, pandemic.
189 XALQ TA’LIMI: MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish
davr talabi hisoblanadi. Chunki mamlakatimizda aholining o‘sish darajasi
nafaqat rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan, balki rivojlangan davlatlarga
nisbatan ham yuqoridir. Masalan, 1991-yilga nisbatan 2020-yilni oladigan bo‘lsak,
mamlakatimiz aholisi 7,4 foizga o‘shgan, rivojlangan Yaponiya davlatida bu
ko‘rsatkich 3,5 foizga, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1,8 foizga, rivojlanayotgan
qo‘shni Qozog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 2,5 foizni, Tojikistonda esa 4,3
foizni tashkil etmoqda.
Bu tahlillar mamlakatimizda aholining o‘sish darajasi rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan ham yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.
Aholining o‘sish darajasi esa o‘z-o‘zidan tabiiy ravishda bandlik masalalarida
qator muammolarni yuzaga keltiradi. Aholining bandligini ta’minlash, ishsizlikni
bartaraf etish esa mehnat bozorining samarali mexanizmlarining to‘la ishlashini
talab etadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, aholining ish
bilan band qismida ayollar va erkaklar o‘rtasida katta tavofut borligini ko‘rishimiz
mumkin. Bu gender tengligi statistikasining 2018-2019-yillardagi ma’lumotida
ham o‘z aksini topgan. (6-jadval)
Hudud
2018 yil
2019 yil
Barcha uy
xo‘jaliklari
shu jumladan :
Barcha uy
xo‘jaliklari
shu jumladan :
A
yollar
Er
kaklar
A
yollar
Er
kaklar
O‘zbekiston Respublikasi
100,0
20,8
79,2
100,0
20,8
79,2
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
100,0
18,7
81,3
100,0
21,2
78,8
Andijon
100,0
22,7
77,3
100,0
22,3
77,7
Buxoro
100,0
17,3
82,7
100,0
16,4
83,6
Jizzax
100,0
21,3
78,7
100,0
17,3
82,7
Qashqadaryo
100,0
14,5
85,5
100,0
16,7
83,3
190 A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Navoiy
100,0
14,8
85,2
100,0
12,6
87,4
Namangan
100,0
20,8
79,2
100,0
19,4
80,6
Samarqand
100,0
18,6
81,4
100,0
17,6
82,4
Surxondaryo
100,0
13,6
86,4
100,0
16,9
83,1
Sirdaryo
100,0
19,4
80,6
100,0
21,7
78,3
Toshkent vil
100,0
29,6
70,4
100,0
26,9
73,1
Farg‘ona
100,0
16,9
83,1
100,0
18,8
81,2
Xorazm
100,0
19,9
80,1
100,0
16,9
83,1
Toshkent shahri
100,0
32,8
67,2
100,0
33,8
66,2
Shu nuqtayi nazardan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsiz xotin-qizlarni
mehnat bozorida xaridorgir bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish ularning ishchanlik
qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga turtki bo‘ladi.
Mamlakatimizda kambag‘al va ishsiz xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunar
va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad
keltiradigan mehnat faoliyatiga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu
masala, ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida yanada dolzarblashmoqda.
Sababi – nafaqat respublikamizda, balki rivojlangan davlatlarda ham pandemiya
ishsizlik darajasining oshishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi o‘rtasida
kambag‘allikning o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni
aholining farovon turmush tarzini shakllantirishga qaratilgandir. Jumladan,
oilaning farovon turmush tarzi xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini va
ularning bandlik darajasi bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Sababi,
yuqorida keltirib o‘tganimizdek, mamlakatimiz aholisining 50 foizidan ko‘prog‘ini
xotin-qizlar tashkil etadi. Bu ularning mamlakatimiz barqaror rivojlanishida
o‘ziga xos va tenglikni tashkil etadigan ulushga egaligini ko‘rsatadi.
Mamlakatimizning strategik maqsadlaridan biri barqaror o‘sishning
poydevorini yaratishdir.
Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi
O‘zbekiston Oliy Majlisi va xalqiga murojaatnomasida shunday degan edi:
“So‘nggi to‘rt yilda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor mexanizmlarini