192
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
mamlakatimizda har bir mahallada quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda
tutuvchi yangicha ishlash tizimi joriy etildi:
- oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan
foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan
intilishi va ehtiyojlarini
“xonadonbay” o‘rganish;
- band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar
muammolarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi
kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy
ko‘maklashish;
- yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g‘oyalarini yanada
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;
- mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash
va
yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda
tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
- mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer
maydonlari va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali
foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy
va raqobat muhitini
yaxshilash;
- samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga
sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun
banklarning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga
yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish;
- joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan (yer
ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar
uchun litsenziya olish,
bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya
tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish.
Aholi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirishning me’yoriy-huquqiy asoslari
ham ishlab chiqildi. Endilikda kambag‘allik domiga tushib qolgan fuqarolar,
jumladan, xotin-qizlarning kambag‘allikdan chiqib ketishi uchun eng muhim
omil - bu insonning intilishi, o‘z
kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari
harakati bo‘lishi kerak. Shu maqsadda 2021-yili mahallalarda aholini kasb-
hunarga o‘qitish bo‘yicha mingdan ziyod markazlar tashkil etildi. Bunda kasb-
hunarga o‘qitilgan har bir shaxs uchun o‘quv markazlariga 1 million so‘mgacha
subsidiya berilib, buning uchun budjetdan 100 milliard so‘m ajratildi.
O‘quv kurslarini tamomlab, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga
asbob-uskuna xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar berildi.
Shuningdek, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib