196
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
- 15 665 nafar xotin-qizlardan 2 023 nafariga tomorqadan daromad manbayi
sifatida foydalanish uchun ko‘maklashildi;
- 69 877 nafar xotin-qizlardan 8 000 nafari tadbirkorlikka jalb etildi va ularga
kredit olishga ko‘maklashildi.
Davlatimiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha
ularni nafaqat
mamlakatimizda, balki xalqaro mehnat bozorida xaridorgir bo‘lgan kasb-
hunarga o‘qitish, oilali va yosh bolali ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning
huquqiy asoslarini ishlab chiqdi hamda amaliyotga keng tadbiq etib kelmoqda.
Endigi vazifa esa xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini kengroq ishga solgan
holda kambag‘allikdan chiqib ketishga astoydil harakat qilishi kerakligini yuzaga
chiqardi. Bu borada buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy o‘z davrida
yoshlarga
murojaat qilib, “Quyoshliq istasang, kasbi kamol et”, deb yozganlar.
Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat nur taratishni, yaxshilik qilishni
istaydigan inson, kamolotga intilib, turli ilm va kasb-hunarlarni o‘zlashtirishi
lozim. Shu nuqtayi nazardan xotin-qizlar ham o‘z turmushining farovon bo‘lishini
ta’minlashga harakat qilishlari talab etiladi. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan
shart-sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlardan
unumli foydalangan holda
daromad manbaiga ega bo‘ladigan kasb-hunarni egallashlari va shu orqali hech
bo‘lmaganda o‘zining iste’moli uchun kerak bo‘ladigan daromadni topishga
intilishlari kerak bo‘ladi.
Chunki bugungi pandemiya sharoitida iqtisodiy o‘sish sur’atlari
mamlakatimizdagi mehnatga layoqatli bo‘lgan har bir fuqaroning bandligi bilan
ham bog‘liq bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham bugungi kunda xotin-qizlarni
xaridorgir bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish dolzarb masala sifatida o‘rganildi.