109
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
7
Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o‘rgatish bir necha bosqichda
amalga oshiriladi:
1.
Bolalar diqqatini qo‘shiqqa jalb qilish.
2.
Qo‘shiq haqida o‘qituvchining kirish so‘zi (
qo‘shiq mualliflari, asarining
mazmuni, tarixiy xususiyatlari haqida qisqacha hikoya qilish).
3.
Qo‘shiqni tahlil qilish (
musiqiy ifoda vositalari, xarakteri va mazmunini
suhbat yo‘li bilan belgilash
).
4.
Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish
(to‘g‘ri nafas
olib, jumlani oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash).
5. Qo‘shiqning badiiy ijrosiga erishish
(qo‘shiq haqidagi bolalar taassurotlari
yuzasidan qisqa suhbat o‘tkazish ya’ni umumlashtirish).
Jamoa bo‘lib kuylashda dirijyorlik harakatlariga amal qilish
Musiqa madaniyati fanida dirijyorlik harakatlariga amal qilgan holda jamoa
bo‘lib kuylash – intonatsion aniqlik
qobiliyatlarini rivojlantirib, musiqiy matnga
aqliy yondashuvni shakllantiradi, ladni his qilishni tarbiyalaydi. Barcha o‘quv
yillari davomida ushbu faoliyatning rivojlantirib borilishi lozimdir.
Dirijyorlik harakatlariga amal qilgan holda jamoa bo‘lib sof, ifodali, aniq
unisonda kuylashga erishilishi zarur (
dastlab yod olingan kuylar, keyinchalik –
begona kuy va qo‘shiqlar
).
Birinchi darslardanoq, o‘quvchilarni kuylash jarayonida to‘g‘ri o‘tirishiga,
shuningdek, to‘g‘ri tovush hosil qilish, nafas olishlariga e’tibor berishi muhim.
Musiqa ijodkorligi (
Metroritmni his qilishni tarbiyalash)
Lad va intonatsion malakani
rivojlantirish singari, metroritmni his qilishni
tarbiyalash ham muhimdir.
Metroritmni rivojlantirish ish jarayonining har bir turida mavjud (
dirijyorlik,
jamoa bo‘lib kuylash, tinglash tahlillari va h.k.
), lekin yanada muvaffaqiyatliroq,
samarali natijalarga erishish uchun ba’zida o‘rganiladigan asarning metroritmik
darajasini tushunish, ajratib va alohida ishlab chiqish, shuningdek, maxsus ritmik
mashqlardan foydalanish muhim.
110
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Boshlang‘ich ritmik mashqlarni tanlashda, ritmni his qilish, ayniqsa,
bolalarning harakat-holati bilan bog‘liqligiga tayanish kerak.
Bolalarda boshlang‘ich nota cho‘zimlarini tasavvur qilishda, aynan mana shu
harakatlarga asosiy e’tibor beriladi (chorak – «qadam», nimchorak – «yugurish»).
Dostları ilə paylaş: