Qiziharli ma'ruza ko’p jihatdan uni qanday boshlashiga bog -liq.
Muqaddima - notiqning auditoriyadagi dastlabki qadamlaridir. Ular
qiziqarli bo’lishi kerak. Notiqni muqaddimaga
harab kutib olishadi,
mazmun va shaklga qarab kuzatishadi. Muqaddima jangdagi dastlab
ki atakaning o ’zginasidir. Birinchi ataka juda katta ahamiyatga ega,
albattda lekin birinchi ataka jangning taqdirini belgilab bermagani-
dek, yaxshi boshlangan muqaddimaning o ’zi ham butun ma'ruzaning
muvaffaqiyatini taminlay olmaydi. Kechirim so’rab boshlanadigan
muqaddima muvaffaqiyatsiz chiqadi. Muqaddimada m a’ruzaning
asosiy fikri bayon qilinsa, va u ta'riflab berilsa shu rux butun ma’ruza
jarayonida bo’rtib tursa auditoriya mamnun bo ’ladi.
Ba'zan ma'ruzani hatto ko’chirma keltirishdan boshlash mumkin.
Ammo ko’chirma o ’tkir qurol bo’lsada. hadeb ishlataverilsa. o ’tmas-
lashib qoladi. Ba'zan muqaddimani biror harakterli faktdan boshlab
shundan kelib chiqib mavzuni bayon qilish mumkin. Kichkina tanaga
kattakon bosh qanchalik yarashmasa, katta muqaddima ham shun-
chalik kelishmaydi.
3.Nutqni
egallash - notiqning nutqi, so’zni tanlay bilishi, jum la
tuzishda so’zlardan to’g'ri foydalanishi, obraz yarata olishi, istiora-
dan foydalana olishi, esda qoladigan o ’xshatishlar topa bilishi
g'oyatda muhim. Mopassan so’zlaming jonini qidirish kerak degan
edi. U so’zlaming joni bo’lishiga
astoydil ishonardi, yozuvchining
vazifasi esa shu jonni topib, uni kitobxonga ko’rsatishdan iborat deb
hisoblardi. So’zlarning jonini topa olsangiz, so’zlar orqali o ’z
qalbingizni ham ifodalay olasiz.
Emosionallik - nutqning haroratidir. U yuqori yoki past bo’lishi
mumkin, lekin isitma chiqib ketishiga yo’l q o ’yib bo’lmaydi. qanday
gapirish qanday qilib aytish ham muqim. Yomon talaffuz ma'ruza
materialini idrok etish imkoniyatini barbod qiladi. Notiq yomon
talaffuz bilan o’qiyotgan ma'ruzani tinglaganda varaqlari yirtiq
kitobni o ’qiyoganday bo’lasiz. Nutqini
oqilona yumor bilan bezay
112
oladigan kishi nutqni yaxshi egallagan bo’ladi. Yumor - nutqning
atridir, gulni hidiga qarab ajratish mumkin bo’lganidek yumoriga
qarab odamning aqlini belgilash mumkin.
4.Notiqning o ’zini tuta bilishi. O ’zini yo’qotib qo’ygan notiq
auditoriyadan ham mahrum bo’ladi. A w alo , ma'ruza boshlarida
vujudga keladigan hayajonni bosib olishi shart. So’zga chiqish notiq-
ning o ’ziga qiziqarli bo’lishi uchun ma'ruza materialini sistematik
tarzda yangilab turish,
yangi fikrlar, misollar, obrazlar, aforizmlami
kiritib turish zarur. Hech narsa qotib qohnasligi, bir gap hadeb
takror-lanavermasligi kerak, aks holda o’zing ham qiziqmay qolasan,
tinglovchilar qiziqishi ham so’nib boradi.
5. Auditoriyani boshqarishni o ’z qo ’liga ola bilish. Notiq ham
muallif, ham ijroehi, ham dirijyordir.
U m uallif sifatida yaxshi,
ijrochi sifatida yomon bo’lishi yoki ijroehi sifatida yaxshi. dirijyor
sifatida yomon b o’lishi mumkin. U auditoriyani boshhara olmasligi,
auditoriyani his qilmasligi mumkin.
Auditoriyani boshharish - aloqa uzilib qolishning oldini olish
demakdir. Bu narsa e'tiboming chalg'ishida, norozilikda va notiqqa
ishonmaslikda namoyon bo’ladi. Qiziqarli ma'ruza yaxshi tuganlan-
sa, u tinglovchilar ongida yaxshi saqlanib qoladi. Ma'ruzani nima
bilan tugallash kerak? Ko’pincha yig'ilishlarda notiq o ’z nutqni sira
tugallay olmaydi, tugallamoqchi bo’ladi-yu, ilojini qilolmavdi. Shu
sababli nutqning oxirini oldindan tayyorlab qo’yish kerak.
6. Vaqtni suiistemol qilmaslik. Vaqt - hamma masalalarda, shu
jumladan notiqlik maqorati
masalalarda ham jiddiy, ammo adolatli
hakamdir. Qisqarli ma'ruza notiq muvaffaqivatning qisqa yo’lidir.
A.P.Chexov qisqacha bayon - iste'dod belgisidir, degan edi. Ma'ru
zani cho’zgan sari notiq tinglovchilar g'ashiga tegaveradi. Shu sabab
li har bir ma'ruzada belgilangan vaqtga rioya qilish muhimdir. Belgi-
langan vaqt esa ikki xil bo’ladi: tashqi belgilangan vaqt - notiqqa
oldindan aytilgan vaqt chegarasi, ichki belgilangan vaqt esa notiq-
ning vijdoni va tinglovchilar sabr-toqatidir.
Dostları ilə paylaş: