2. B a'zan insonlar boyligi bilan kibrlanadi va bunday insonlar
johildirlar. Chunki u agar aqlli inson bo'lganida qo'lidagi boylik
abadiy emasligini, Alloh uni xohlagan vaqtida olib qo'yishini bilgan
bo'lardi. Qorun boyligi bilan kibrlandi. Uning boyligi shu qadar ko'p
ediki, xazinaning kalitlarini e-tti kishi ham ko'tarolm as edi.
Alloh
taolo uni va boyligini erga berdi, natijada, u ochiqdan ochiq ziyon
ko'rdi. Agar Alloh o'sha podshohni bir kasallikka duchor qilganida
edi butun boyligi evaziga sog'ligini qaytarib berishni orzu qilardi.
3. B a'zi insonlar quvvati va sog'ligi bilan kibrlanadi.
Bunday
insonlar ham g'ofillar qatoridadir. Chunki quvvat insonlar orasidagi
obro' o' lchovi emasdir. Bunday kishilarning quvvati eshak yo xach-
iming quvvatichalik bormi? Agar quvvat o'lchov birligi bo'lganda,
eshak - mudir, xachir - vazir, fil esa podshoh bo'lur edi. Lekin
o'lchov aqlga nisbatandir. Aql yordamida
inson Rabbisini taniydi va
bu bilan insonlar orasida yaxshi xulq sohibi bo'ladi. Aql o 'z xojasini
halokatdan saqlaydi.
Abu Hanifa rahmatullohi alayh oyoqlarini uzatib olib, shogird-
lariga dars berayotganda bir chiroyli kishi masjidga kirib xalqaga
qo'shildi. Shunda Abu Hanifa oyoqlarini yig'dilar
va darslarida
davom etdi, “Shorn vaqti quyosh botib, qizil shafaq yo'qolguncha”
degan joyda xalqaga qo'shilgan kishi: Ey shayx, quyosh botmasligi
haqida ham o'ylab ko'rganm isiz?” dedi. Abu Hanifa: “Abu Hanifaga
oyog'ini cho'zish uchun imkon berildi” dedi.
4. B a'zan insonlar o 'z ilmlari bilan kibrlanadilar.
Ular johil
degan nomga loyiqroqdir. Agar ilm o 'z sohibini tavozeli qilmasa,-u
manfaatdan yiroqdir. Ilm ham ikki xil bo'ladi: tildagi ilm va qalbdagi
ilm. Tildagi ilm Allohning maxluqotlariga nisbatari zararli hujjatdir.
Qalbdagi ilm qo'rqinchdir.
Usoma ibn Yazid (r.a): “Nabiy (s.a.v.): “Qiyomat kuni bir kishi
olib kelinadi va do'zaxga uloqtiriladi. Uning ichaklari chiqib turadi
va shu holda eshak tegirmon bilan aylangani kabi aylanadi va do'zax
Ш
ahli uning atrofida yig'ilishadi. Ular: “Ey falonchi, senga nima bo'-
ldi? Amri m a'ruf, nahiy-munkar qilmaganmisan?” deb so'raydilar.
U: “Amri m a'ru f qilardimu, o'zim
unga amal qilmasdim, sizlarni
qaytarib, o'zim qaytmas edim”, deydi.
5.
B a'zilar jam oli va qomati bilan kibrlanadi. K o'pincha ayollar
shunga moyildirlar. Agar o'sha ayollar yaxshilab tafakkur qilsa,
o 'sh a chiroy qurtning nasibasi ekanini tushunib etardilar. Agar, qabr-
dagi holatni tasavvur qilsangiz, bir qo'rqinchli, jirkanch manza-
raning guvohi bo'lasiz.
Dostları ilə paylaş: