O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Kibrning ko'rinishlari
Xaqni inkor qilish kibrning kn'rinishlaridan. 
Ba'zi kishilar 
xato ishga qo'l urayotganini biladi va haqqa qaytmaydi, chunki uni 
qabul qilmaydi. Ko'plab shayx, olimlar kichik shogirdlari bilan 
tortishib, haqni qabul qilmaganlarini isbotlab turishadi. Bu hoi hozir- 
gi ulamolar bilan bog'liq. Ammo, oldingilar haq narsaga ro'baro' 
kelishdan qo'rqmasdilar. Abu Hanifa: “Soch olish odobini sartorosh- 
dan o'rgandim ” dedilar. Imom Molik taloq masalasini shogirdi imom 
Shofi'iy so'zlari bilan belgiladi.
Kibrning ko'rinishlaridan 
yana bin insonlarni mensimaslik va
o'zini ulardan ustun bilishdir. 
Payqambarimiz (s.a.v) shunday 
dedilar: ‘Kibr haqqa norozi bo'lish va insonlarning hurmatini joyiga 
qo'ym aslik” (Muslim rivoyati).
Kibrning sifatlaridan faqat tavozeli bo'lish bilan qutulish mum­
kin. Iyoz ibn Hammor (r.a) dan: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taolo 
tavoze li bo'lm oqlaringni menga vahiy qildi, toki biringiz biringiz 
bilan faxrlanmasin va bog'iylik qilmasin” dedilar (Muslim, Ibn Moja 
rivoyati).
Abu Hurayra (r.a.) dan: ‘Rasululloh (s.a.v.): “Biror kishi Alloh 
taologa tavozeli bo'lsa, Alloh uning darajasini ko'taradi, dedilar 
(Muslim, Termiziy rivoyati).
118


Maqtovni suyush
Ey musulmon birodarim, shuni bilginki, agar maqtovni yaxshi 
ko'rsang, halok qilguvchi faxr eshigidan shayton sening ichingga 
kiradi. Agarda o'zingdagi yaxshi xislatlar bilan seni madh qilishsa
xato ishlaringni esla. Bir solih kishi uni maqtagan kishiga shunday 
degan ekan: “Gunohlarda hid b o 'lsa edi, menga hech kim yaqinla- 
shaolmasdi”.
Agarda o'zingda y o'q xislatlar bilan seni madh qilishsa, u bilan 
faxrlanish jinnilikdir. B a'zi hukamolar: o'zida yo'q xislatlar bilan 
madh qilishlariga rozi bo'lgan kishi o 'z ustidan kulishlariga imkon 
beribdi, deyishgan. Maqtov oxir oqibat madh qilingan kishini halo- 
katga duchor qiladi. Abu Muso al Ash'ariy (r.a.)dan: “Nabiy (s.a.v.) 
bir kishi bir insonni maqtayotganini va madlmi juda me'yoriga 
etkazayotganini eshitib qolib: “Bir kishini halok qildingiz yo 
kesdingiz” dedilar.
Abu Bakr (r.a.): “Bir kishini payqambarimiz (s.a.v.) ning oldi- 
larida zikr qilishdi. Shunda kimdir uni maqtadi. Rasululloh (s.a.v.): 
“Holingga voy bo'lsin! Do'stingning bo'ynini kesding” deb bir 
necha bor qaytardilar va: '‘Agar yo'q. Bas, u kishi: “Shunday, shun­
day deb hisoblayman”, desin. U kishi haqiqatda shunday ekanligini 
ko 'rsa ham. Chunki, uning hisoblovchisi Allohdir”, dedilar.
Madh maqtalmishning ayblarini yashiradi, natijada, u o'zini 
idora qilolmaydi. Madh k o 'p toat-ibodat qilishdan insonni fo'sadi va 
maqtalmish o'zini yaxshi deb o'ylaydi.
Ziyod ibn Abu Muslim: “Biror kishi o'zi haqida yaxshi narsa 
eshitsa, shayton unga ko'rinadi” dedilar.
Ba'zi salaflar: kimki madhdan g'ururlansa, shayton uning ichiga 
kirishga imkon topadi, dedilar.
Umar ibn Hattob: ‘‘Madhdan saqlaninglar, chunki u so'yishdir” 
dedilar. Abu Homid Al-G'azzoliv: “Insonlarda yomonlovchi va 
maqtovchilarga nisbatan to'rtta holat bor:
119


B irin d ' ho lat: M aqtov bilan xursand bo'lish va unga rahmat 
aytish, ayblavdan g'azablanish va yomonlovchiga zarar etkazishni 
qasd qilish.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin