O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


M ashg’ulot - maktabgachayoshdagi bolalarga ta'lim



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

5. M ashg’ulot - maktabgachayoshdagi bolalarga ta'lim
berishning asosiy shakli
Mashg’ulot ta'lim muassasida bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. 
Mashg’ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda 
xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga 
oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish 
nutqi,«anoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko’nikmalarini shakllantirib 
boradi. Ammo ta'lim berishda bosh roini mashg’ulot egallaydi. Mashg’ulotlar 
maktabgacha ta’lim muassasasida ta'liiltni tashkil etish shaklidir.
Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil 
etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma'lum bir vaqtda o’tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o’rtasidagi o'zaro ta'sir 
xususiyatiga, o’tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o’rniga qarab bir- 
biridan farq qiladi. 

Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va 
yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish 
ishlari ekskursiya. didaktik o’yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg’ulotdan 
tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o ’yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga 
oshirilib boriladi.
Mashg’ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: 
unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o’rin va vaqt 
ajratilgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi, tarbiyachi mashg’ulotda 
bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg’ulotlarini 
tashkil etadi. O ’quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot 
orqali bolalar o’quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat. irodani, 
diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish 
natijasida bilimga qiziqishlar rivojiana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: 
birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o’z tashabbusi, 
topog’^tnligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r


berishning talab etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik 
xissi shakllanadi. Ekskiirsiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini 
birgalikda bajarish, umumiy raqs-o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, 
o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona 
jamoasini yaratisliga yordam beradi. Mashg’ulotda ta'lim berish orqali bolalarda 
maktabdagi o ’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o ’zini tuta olish. 
mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g ’ri sifatlar hosil 
qilinadi.
Bolalarni maktab ta’Iimiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang'ich 
sinflarda dastur materiaini yaxshi o’zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va 
malakalar mashg’ulotlar jarayonida xosil qilinadi.
M ashg’ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, 
tarbiyachilarga quioq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan 
hikoyalardan voqeadagi asosiy g ’oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish 
kabi malakalarni rivojiantirishga katta e'tibor beriladi.
Mashg’ulotda tarbiya vazifalari xal etiladi. Mashg’ulot bolalarning yosh va 
o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olfb ma lum izchillikda olib boriladi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta 
davomida o'tkaziladigan mashg’ulotlar soni va vaqti belgilab qo’yilgan.
Tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va 
mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash. umumlashtirish, 
xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, 
javobgarlik xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi 
tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o’rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
MTMda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, 
ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o’stirish mashg’ulotlari, musiqa 
mashg’ulotlari. qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari olib liriladi.
56


Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar katta yoshdagi 
kishilaming bar bir bola bilan rejali suralda muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu 
mashg’ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojiantirib borishdir; bu 
esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bosqichidir; go'daqiar ixtiyoriy diqqat o’sib 
borgani sari, bunday mashg’ulotlar bir necha bola bilan. keyinchalik esa butun guruh 
bolalarni bilan bir yo'la olib boriladi.
Mashg ulotlarda ta'Iim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab 
etadi, ya ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma'Ium natijaga erishish 
uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. SHuning 
uchun mashg’ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish 
zarur: mashg’ulotning vaqtini, kun tartibidagi o’rnini dasturning har xil bo’limlarini 
to’g’ri almashtirib turishni oldindan o’ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg’ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvoFiqdir, 
chunki, birinchidan bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona 
tabiiy yorug’lik bilan yaxshi ta'minlangan bo’ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg’ulot o'tkazilishi. uning mazmuni va 
har bir mashg’ulot yosh guruhlari buyicha necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya 
dasturida ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan xolda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg’ulot bolalarni ikki guruhga bo’lgan xolda 
o’tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo’ladi. Mashg'ulot jadvalini 
tuzgailda haflada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo’ladigan kun tanlanadi. 
Ma’iumki xaftaning o’rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish 
qobiliyati yuqori bo’lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv t'aoliyatini talab 
etuvuvchi murakkabroq mashg’ulot tanlanadi (elementar matematika. nutqning 
rivojlantirish, savodga o ’rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg’ulotlami birinchi 
qo’yish kerak, bolalardan ko’p harakat qilishni, xissiy zo’riqishni talab etuvchi 
mashg’ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo’yildi.
Bolalar o’zlashtirib oladigan bilimfer mazmuni tarbiyalovchi bo’lishi kerak. 
Maktabgacha tarbiya muassasasi dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda 
tabiat haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg’otadi. o’simliklar va 
hayvonlarga g’amxo’rlik bilan qarash xissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda 
tutadi; bilimlarni o ’zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga. o’z vataniga. 
xalqiga muhabbat, ulug’ kishilarga muhabbat va hurmat. o’lkaning ijtimoiy hayotiga 
qiziqish paydo bo’ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijtimoiy xodisalar, voqealar 
to’g’risida, umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qo’shni o’lkalardagi 
bolalarning hayoti, oddiy kishilaming mehnati, boshqa xalqiarning hayoti va do’stligi 
haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tarbiyachi yangi mashg’ulotlarning 
mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu mashg’ulotlarda o’zlashtirilgan bilimlar 
bilan qanday bog’lanishini o’ylab ko’radi. Masalan, oshpaz, kutubxonachi bilan 
o’qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma xil mehnat turlari haqidagi 
ma’lumotlar sistemasini bir qismidir. Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi 
bilimlar - ijtimoiy mexhnatning jamoa harakteri to’g’risidagi bilimlar sistemasining 
bir qismi. Mehnatning ijtimoiy harakteri, mohiyatini tushunish uchun bola shunga 
o’xshash ko’pdan ko’p mehnat turlari bilan tanishishi lozim. Mashg’ulot quyidagi 
turlarga bo’linadi:
S7


Mashg'ulot
tariari
s'r'/ 
.T 
't -i^4vU;:vr
1. 
Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarning o ’tkazishdan maqsad -
ularning yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar
voqealar 
to’g’risidagi 
bilimlarini 
aniqiash 
va 
kengaytirishdir. 
Bunday 
mashg’ulotlarga yangi ob'ektni kuzatish, hikoya qilib so’zlab berish va boshqalar 
kiradi. Mazkur mashg’ulotlar hamma yosh guruhlarida o’tkaziladi.
2. 
Bolalarning to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga 
soluvchi mashg’ulotlar. Undan ko’zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarrting 
anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o’rgatishdir. Buning uchun tanish oti'ekt 
kuzatiladi, ikki narsa, solishtiriladi (xona o’simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik 
o’yinlar, suhbatlar o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotni o’tkazish orqali tarbiyachi 
bolalar nimani yaxshi o’zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o’zlashtirilmaganini bilib 
oladi. Tarbiyachi mashg’ulot jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar - detallar 
bilan boyitib boradi.
3. 
Bolalarning bilimini sinovchi mashg’ulotlar. Bunday mashg’ulotlardan 
maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo’yicha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim va 
malakalarni o’zlashtirib oladilarmi-yo’qmi, shuni bilib oladi va o’zini bo'lajak ish 
mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg’ulotning tarbiyachi o’z xohishi bilan kvartal, 
yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan 
о tkazishi mumkin.
4. 
Kompleks mujassam mashg’ulotlar bolalar bog’chasi tajribasida keng 
tarqalgan bo’lib, bunday mashg’ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan 
bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va 
malakalarning 
amalda 
qo’llashga 
o’rgatiladi. 
MTMda 
tasviriy 
faoliyat, 
konstruktsiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni 
o’stirish, savod o’rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va 
jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi. Mashg’ulotga to'g’ri tayyorgarlik ko’rib, 
uyushgan xolda o ’tkazilganda bolalar oldiga ma'lum aqliy vazifa qo’yilgan taqdirda, 
ularning fikrlash faoliyati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan 
qiyinchilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma'lum tomonga yo’naltiradi.
58


Eng avvalo bolaning aqliy vazifani xal etish yo’lidagi qiyinchilikni engish imkoniyati 
tug iladi. natijada bolada taoliyatga qiziqish uyg'onib, u malakant egallash uchun 
mustaqil intiladi, o’ylaydi va vazifani uddasidan chiqish uchun faxm farosatini ishga 
soladi.
Nusxa olish tai'zidagi vazifani bajarish natijasida bola larbiyachini ko'rsatmasi 
va namunasiga qarab malaka va ko'nikmalarni o'rganadi. Bu bolalarni amaliy va 
aqliy faoliyat usullarini egallab olishlari uchun zarurdir. Bolalar qalamni. 
mo yqalamni. 
qaychini 
ushlashni. 
rasm 
chizish 
narsa yasash solishtirish
umumlashtirish, abstraktiyalashni o'rganadilar. Tarbiyachi bir narsaning xadeb 
takrorlanaverishiga yo'l qo’ymasligi kerak.
M ashg’ulotning tuzilishi; Mashg'ulot quyidagi tuzilishga ega: bolalarni 
uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism.
Bolalar mashg’ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishlirok etishlari uchun 
uning mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o’ylanib olinishi kerak. Bolalar o’quv 
faoliyatini qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachining e'tibor bilan tinglab, 
o'yindan mashg’ulotga osonlik bilan o’tadilar.
Bolalarni uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni yig'ib, ularning mashg’ulotga 
tayyorligini tekshiradi: tashqi ko’rinishi, joy-joyiga to’g’ri o'tirishganligi, diqqatini 
to’plaganini sinab ko’radi.
Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun bolalar oldida turgan faoliyatga qiziqish 
u y i’t^ishi, buning uchun bolalarning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil 
usuyami qo’ Hash! kerak.
Kichik guruh bolalarida mashg’ulotga qiziqish uyg’otish uchun bolalarni 
qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi. «Kuloq 
solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo’g’irchoq biznikiga mehmonga kelibdi», - 
deb mashg’ulotni boshlash mumkin. Bolalarning narsalar va ularning nimaga 
ishlatilishi to’g’risidagi tasavvurini tartibga soluvchi mashg’ulot mana shunday 
boshlanadi. 
.
Katta guruhlarda qanday mashg’ulot bo’lishini tarbiyachi bolalarga oldindan 
aytib qo’yadi. Bu bolalarning bo’lajak mashg’ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, 
mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o’tadi va 
ularga rasmlarni ko’rishni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko’rganini esiashni 
taqiif etadi. Bolalar bu kunni zo’r qiziqish bilan kutishadi.
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg’ulotning zarurligi va 
majburiyligini tushunishlari, unga ongli ravishda tayyOrlanishlari zarur.
Asosiy qism. Mashg’ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish 
yuzasidan yo’l-yo’riq, ko’rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan 
bo’ladigan jamoachilik munosabatlarini alohida munosabat bilan qo’shib olib 
boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har 
xil metod va usullarni qo’llaydi.
Mashg’ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. 
Bu bolalar oldiga qo’yilgan aqliy vazifaga bog’liq. Bolalarga qanday ishlar olib 
borish zarurligi ko’rsatiladi va tushuntiriladi, ulami ayrim bolalarga alohida 
takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e'tibor bilan eshitib o’tirishga o’rgatish 
kerak,^zarurat tug’ilsagina takrorlash mumkin.
59


Hog'chadagi bolalar o'qish, yozishni bilmaganlari uchun o lilgan malcriaini 
qaylarib mustaxkamlay olmaydilar. shuning uchun bolalarga bcrilgan bilimni 
muslahkamlash uchun tarbiyachi lakrorlash va mashq qildirish usullaridan foydala- 
nadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan 
material tezda csdan chiqadi.
Qaytarish. mashq qildirishda tarbiyachi flkrlarni to'ldirib, tartibga solib boradi. 
bu bolalarda bilimga qiziqish uyg'otadi va shu narsa to'g'risidagi tasavvur va 
tushunchalarini chuqurlashtiradi. Mashg'ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga 
qarab mustahkamlashning har xil usullari qo’llaniladi.
Rolalar o'zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo'lgan material so’z orqali 
amalga oshiriladi. Siluning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday 
amalga oshirmoqchi ckanini so’z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son- 
sanoqga o'rgatishda, qurish-yasashda, rasm chizganda qanday qilishi, qanday lartib 
bilan bajarishi. buning uchun qanday materialdan t'oydalanishni tushuntirib berishi 
talab etiladi).
Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy 
va/it'ani o 'z ichiga olsa. bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega 
bo'ladi.
Masalan. .son-sanoq mashg'ulolida bolalar sanash material bilan o'zlari 
mashqiarni mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshirig'iga qarab narsalar .sonini 
kamaytirishadi yoki ko'paytirishadi. Buning uchun o’yinchoqiardan ham foydalanish 
mumkin.
Mashg'ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni 4)'z 
vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg’ulot 
3
iakka 
tartibda olib boriladigan bo’Isa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish- 
yasash, konstruktsiyalash), bolalar ishni har xil vaqtda bajarganliklari uchun 
tarbiyachi mashg’ulot tugashiga bir necha daqiqa qolganda mashg’ulotni tugatish 
kerakligi to’g’risida ularni ogohlantiradi.
Mashg’ulotni tugatayotib, tarbiyachi o’tkazilgan mashg’ulotga yakun yasaydi: 
bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg’ulotda 
qatnashganini gapiradi, ba’zan kelgusi mashg’ulotda nimalar o’tishlarini aytadi.
Bolalarning o’quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to’g’ri 
baholashga bog'liq.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin