Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Inqilobning boshlanishi. 
Qirol Lyu- 
dovik XVI 1789-yilda General shtatlar- 
ni chaqirdi. U General shtatlarda bo‘- 
shab qolgan davlat xazinasini to ‘ldirishga 
imkon beruvchi yangi soliqlar joriy etish 
lozimligini m a’lum qildi.
Biroq, uchinchi toifa deputatlari qi- 
rolning taklifini rad etdilar va yuqori 
toifalarning mol-mulkini soliqqa tortish 
talabini qo ‘ydilar. Oqibatda G eneral 
L y u d o v ik X V l.
57


shtatlarda bo ‘linish yuz berdi. Parij aholisi uchinchi toifa 
deputatlarning talabini qo‘llab-quwatladilar. Uchinchi toifa 
deputatlari o ‘zlarini butun millat vakillari deb e’lon qildilar 
va yangi parlament — Milliy Kengash tuzdilar. Ayni paytda 
ular mamlakat konstitutsiyasini ishlab chiqishga qaror qildilar. 
Konstitutsiya qabul qilish uchun Milliy Kengash 9-iyulda 
Т а ’sis Majlisi
deb e’lon qilindi. Bunday sharoitda qirol murosa 
yo‘lini qidirish o ‘rniga Ta’sis majlisini tarqatib yuborishni 
rejalashtirdi. Bu reja oshkor b o ‘lib qolgach, g‘azablangan xalq 
ommasi qo‘zg‘olon ko‘tardi.
14-iyul kuni esa Fransiya mutlaq monar-
xiyasining tayanchi Bastiliya (davlat
qamoqxonasi) egallandi.
Bastiliyaning 
egallanishi inqilobning boshlanishi bo‘ldi. 
Qattiq qo‘rqib ketgan Lyudovik XVI yon 
berishga majbur bo‘ldi. U Ta’sis Majli- 
sining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda 
hokimiyat inqilobchilar vakillari dan tuzil- 
gan Parij 
Kommunasi
(Parij Kengashi) 
qo‘liga o‘tdi. Shu tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi. 
Hokimiyat tepasiga yirik burjuaziya — savdo-sanoat burjua- 
ziyasi keldi. Bu burjuaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklan- 
gan monarxiya tarafdori edi.
Feodal tartiblarning bekor qilinishi. 
Mutlaq monarxiyaning 
qulashi mamlakatda tinchlik o ‘rnatilishiga olib kelmadi. Ak- 
sincha, butun mamlakatni dehqonlar qo‘zg‘oloni qamrab oldi. 
Ular feodal majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdilar, oziq- 
ovqat omborlarini egallab oldilar, feodallarning qo‘rg‘onlariga 
o ‘t q o ‘yib, yoqib y u b o rd ilar. N a tijad a T a ’sis m ajlisi 
«Imtiyozlarni tugatish haqida 
dekret»
chiqarishga majbur bo‘ldi. 
Unga ko‘ra feodal tartiblar bekor qilindi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin