yo‘lini izlash o ‘rniga mustamlakalarni
taslim etish siyosatini yuritdi va 1775-
yilda qirol qo‘shinlari ularga qarshi urash
harakatlarini boshladi. Shunday sha-
roitda Filadelfiya shahrida II Kontinental
Kongress chaqirildi. Kongress qatnash-
chilari urash boshlashga ovoz berdilar va
virginiyalik polkovnik Joq Vashingtonni
(1732—1799) Amerika Qurolli Kuch-
larining Bosh qo‘m ondoni etib tayin-
ladilar. Shu tariqa amerikaliklar uchun
mustaqillik urashi boshlandi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi.
1776-yilda
Kongress Buyuk Britaniyadan ajralishga va mustaqil davlat
tuzishga chaqiravchi qaror qabul qildi. Bu qarorni rasman
e’lon qiluvchi Bayonotnoma ham tayyorlandi. 1776-yilning
4-iyulida e’lon qilingan bu hujjat «Mustaqillik Deklaratsiyasi»
deb ataldi.
Uning muallifi Amerika mustaqillik urashining mashhur
arboblaridan biri Tomas Jefferson edi. Deklaratsiya yangi
davlat — Amerika Qo‘shma Shtatlarining tuzilganligini butun
dunyoga m a’lum qildi.
Jorj V a sh in g to n .
1776-yildan 4-iyul Amerika Qo‘shma Shtatlarining M usta
qillik kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Amerika inqilobining xarakteri va o‘ziga xos xususiyatlari.
Mustaqillik urashi, ayni paytda, burjua inqilobi ham edi.
Bu inqilob, birinchidan, milliy mustaqillikni ta ’minladi,
ikkinchidan esa bozor munosabatlarining rivojlanishiga g‘ov
boMayotgan mustamlakachilik to ‘siqlarini olib tashladi. In-
qilobga burjuaziya va plantator — quldorlar boshchilik qildi.
Xalq ommasi esa uning harakatlantiravchi kuchi bo‘ldi. Ame
rika burjua inqilobining o‘ziga xos xususiyati uning milliy-
ozodlik urashi shaklida o ‘tganligida edi.
Dostları ilə paylaş: