Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Mustaqil ish
AQSH bayrog‘idagi 7 ta qizil va 6 ta oq chiziqlar nimani anglatishini 
aniqlang.
15-§. Buyuk fransuz burjua inqilobi va
monarxiyaning tugatilishi
c j j ,
\zy
Inqilobning sabablari. 
XVIII asr oxirlarida ham
Fransiyada hamon o‘rta asr feodal tartiblari hukm surardi. 
U qishloq xo‘jaligi mamlakati edi. Dehqonlar garchand 
erkin b o ‘salar-da, ular yashayotgan va mehnat qilayotgan 
ycrlar fcodallarning mulki sanalardi. Dch- 
qonlar ijaraga yer olib kun kechirar edilar. 
Soliqlarning soni tobora ko‘payib borgan. 
Buning ustiga, cherkovga ham soliq to ‘- 
lash davom etardi. Oqibatda qishloqlar 
tobora kambag‘allashib, dehqonlarning esa 
tilanchi va daydilarga aylanishi kuchayib 
bordi. Bu hoi tez-tez «non isyonlari»ni 
keltirib chiqardi. 0 ‘rta asr feodal tartiblari 
sanoat va savdoning rivojiga ham to ‘siq 
Dehqonlarning 
b o ‘layotgan edi. Fransiya manufaktura
xo'rlanishi shunday 
ishlab chiqarishida Buyuk Britaniyaga
tasvirlangan edi. 
tenglasha olmasdi.
56


XVIII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat to ‘ntarishi 
ro‘y bermagan edi. Manufaktura ishchilariga faqat yakshanba 
kuni korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi, xolos. 
Ichki savdo bojxona chegara siquvi va har bir viloyatning 
o‘zlari o‘rnatgan yo‘l solig‘idan aziyat chekkan. Buning us- 
tiga, burjuaziya qanchalik boy bolm asin, u siyosiy huquqqa 
ega b o ‘lm agan. D avlatni boshqarish am alda m am lakat 
aholisining atigi 4 foizini tashkil etuvchi ruhoniy va zodagonlar 
qo‘lida edi. U lar soliq to ‘lashdan ozod edilar. Mamlakat 
qurolli kuchlarida zobitlik lavozim ini faqat zodagonlar 
egallashgan. Butun mamlakatni boqayotgan uchinchi toifa, 
shu toifaga kiruvchi buijuaziya ham mamlakatni boshqarish 
ishiga yaqinlashtirilmagan.
Topshiriq
VII sinf «Jahon tarixi» darsligida o ‘rgangan Fransiyadagi aholi- 
ning uch toifasini eslang va ularning nomlarini, исЫпсЫ toifani 
kimlar tashkil etganligini qayt eting.
Mamlakatda mutlaq monarxiya hukm surardi. «Inson hu- 
quqlari» tushunchasi qirollar uchun hech qanday ahamiyatga 
ega emas edi. Bundan tashqari, Fransiya XVIII asr oxirlarida 
tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi (13-§ ga 
qarang). Bu esa uning xalqaro obro‘sini tushirib yubordi. Bu 
hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo‘shin va 
flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi. 
Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora 
og‘irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada 
inqilob ro ‘y berishini m uqarrar qilib 
qo‘ydi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin