Shu tufayli Fransiya vaqtni
boy bermay AQSFIga yordam
ko‘rsata boshladi. Flatto bu ikki davlat o‘rtasida «Do‘stlik va
Tijorat Bitimi», keyinroq esa «Ittifoq Shartnomasi» ham
imzolandi.
Buyuk Britaniyaning zaiflashuvidan Ispaniya va Rossiya
ham m anfaatdor edi. Shuning uchun ham ular AQSFIga
nisbatan do‘stona yo‘l tutishdi.
Bu esa AQSFIga ham harbiy,
ham moddiy, ham ma’naviy madad bo‘ldi.
Urushning tugallanishi.
AQSFI va Fransiya qo‘shinlari
Buyuk Britaniya asosiy kuchlarini taslim etdi. N atijada
Buyuk Britaniya muzokaralar boshlashga majbur b o ‘ldi. Shu
tariqa urush tugadi. Tinchlik muzokaralari Parij shahrida
o ‘tkazildi. Nihoyat, 1783-yilda
AQSFI va Buyuk Britaniya
o ‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra,
Buyuk Britaniya AQSFI davlatining tuzilganligi, uning
mustaqilligi va suverenitetini tan oldi.
Davlat tuzumi.
1787-yilda AQSFI
Konstitutsiyasi qabul qi-
lindi. Konstitutsiya AQSFIda respublika tuzumini o ‘rnatdi.
Ijro etuvchi hokimiyatni 4 yil muddatga saylanadigan Prezi-
dent boshqaradigan bo‘ldi.
Prezident keng vakolatlar (armiya va flotning Oliy bosh
qo‘mondoni,
xalqaro shartnomalar tuzish, barcha vazirlarni
lavozimiga tayinlash hamda
lavozimidan
ozod qilish va
hokazo)ga ega bo‘ldi. 1789-yilda Joij Vashington AQSFIning
birinchi Prezidenti etib saylandi. Oliy Qonun chiqaruvchi
hokimiyatning ikki palatali
Kongress tom onidan amalga
oshirilishi belgilandi. Yuqori palata «Senat», quyi palata esa
«Vakillar palatasi» deb ataldi. Senatga har bir shtatdan ikki
kishi, Vakillar palatasiga esa deputatlar
shtatlar aholisining
soniga mos ravishda saylanardi.
AQSFI Oliy Sudiga mamlakat qonunlari va Prezident
farmonlarining Konstitutsiyaga mos kelishini nazorat qilib
borish huquqi ham berildi.
Dostları ilə paylaş: