Jahon tarixi


Yakobinchilar partiyasidagi ichki kurash



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Yakobinchilar partiyasidagi ichki kurash. 
Yakobinchilar 
orasida ichki siyosat borasida yagona birlik yo‘q edi. Ular 
aslida turli guruhlarga boMinib ketgan edilar. Yakobinchilarni 
birlashtirib turgan omil — bu chetel bosqinchilariga qarshi 
kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish zarurati 
edi, xolos.
Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar o ‘rtasida kurash 
boshlanib ketdi. Eber va Shomett rahbarligidagi yakobinchilar 
«hech kim boy ham, hech kim o‘ta kambag‘al ham bo‘lmay- 
digan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega boMishini ta ’min- 
laydigan» jamiyat tarafdori edilar.
M. Robespyer tarafdorlari ularni qa­
moqqa oldilar va o‘lim jazosiga hukm 
etdilar. M. Robespyer tarafdorlari yako­
binchilarning D anton boshchiligidagi 
«shafqatlilar» guruhini ham xavfli deb hi- 
soblardilar. Danton mamlakatda faoliyat 
ko‘rsatayotgan turli guruhlarning o‘zaro 
murosa qilishi tarafdori edi. U barcha 
partiyalardagi yaxshi niyatli kishilarning 
ittifoqini tuzish yo‘li bilan o ‘zaro zid- 
M . R o b e sp y e r . 
diyatlarni bartaraf qilishni taklif etdi.
Danton inqilobiy diktaturani to ‘xtatishni,
62


konstitutsiyaviy tartibga qaytishni, terrordan voz kechishni 
talab qila boshladi. M. Robespyer guruhi Danton talablarini 
rad etdi. Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindilar 
va qatl etildilar.
Mamlakatda o‘rnatilgan terror siyosati dahshatlari ham- 
maning tinka-madorini quritdi. Bu esa, Robespyerning obro‘- 
sini tushirib yubordi. M. Robespyer siyosiy kurashda qonli 
usul orqali raqiblarini yo‘qotish bilan o ‘z shaxsiy halokatini 
ham tayyorlab bordi. Xalq qonli boshqaruvga asoslangan 
respublikani yomon ko‘rib qoldi. M. Robespyerning barcha 
dushmanlari yagona ittifoqqa birlashdilar.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin