Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

0 ‘zingizni sinang:
XVI asrda Germaniya ....
30 yillik urush natijasida ....
♦ 1701-yilda ... .
40
R eal (lotincha) — haqiqatan ham m avjud b o ‘lgan;
amalga oshadigan; bajarilishi mumkin b o ‘lgan.
Savol va topshiriqlar 1
 2
 3
 4
1. Getmaniya impetiyasining iqtisodiy taraqqiyotda orqada qolishining
sabablari haqida nimalami bilib oldingiz?
2. Germaniyada hukm surgan siyosiy tarqoqlik qanday oqibatlarga
olib keldi?
3. Buyuk dehqonlar umshi va О ‘ttiz yillik urush Germaniya taqdirida
qanday rol o ‘ynadi?
4. Prussiya qay tariqa Yevropaning eng qudratli davlatlaridan biriga
aylana oldi va bu qudrat keyinchalik Germaniya tcirixidci qanday
ahamiyat kasb etdi?
67


18-§. Rossiya imperiyasining tashkil topishi
XVII asr Rossiya iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyati.
XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo 
bo‘la boshladi. Bu, awalo, tovar ishlab chiqarishning, 
ya’ni bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishning ri- 
vojlanishida namoyon bo‘ldi.
Shahar hunarmandchiligi yoppasiga mayda tovar ishlab 
chiqarishga aylana boshladi. Mamlakat ehtiyoji uchun zarar 
mehnat qurollarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan manufak- 
turalar vujudga keldi.
Endi hunarmandlar buyurtmaga ishlashdan bozor uchun 
ishlashga o ‘td ilar. Ayni paytda o ‘zlari ham bo zo rd an
xomashyo sotib oladigan bo‘ldilar. Bu jarayondan qishloq 
xo‘jaligi ham chetda qolmadi. Tirikchilik uchun eng zarar 
narsa — g‘alla hamma yerda tovarga aylandi. Ayrim po- 
meshchik (feodal)lar qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosi bilan 
shug‘ullana boshladilar.
Krepostnoylardan endi obrok mahsulot bilan emas, balki 
pul bilan ham olina boshlandi. Yuqorida qayd etilgan omillar 
natural xo‘jalik negizlariga zarba bera bordi.
Topshiriq
VII sinf «Jahon tarixi» darsligida natural xo‘jalikka qanday 
ta ’rif berilganligini aniqlang.
Rossiya tarixida XVII asr shaharlarning rivojlanishi bosh- 
langan asr hamdir. Shaharlar tobora mamlakatning savdo- 
sanoat markazlariga aylana bordi. Ular orasida Novgorod, 
Yaroslavl, Pskov, Qozon, Nijniy Novgorod va boshqalar ajralib 
turardi. Eng katta shahar Moskva bo‘lib, unda hunarmand- 
chilikning ko‘plab turi bilan shug‘ullanilar edi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojla- 
nishiga va bu, o‘z navbatida, turli viloyatlar o ‘rtasida xo‘jalik 
aloqalarining kengayishiga sabab bo ‘ldi. Hunarmandlarning 
bozorga qaramligini oshirdi hamda ichki savdoning rivoj- 
lanishini ta ’minladi. Ichki savdoning rivojlanishi oxir-oqibatda 
Butunrossiya yagona ichki bozorining tarkib topishiga olib 
keldi.
6 8


Topshiriq
«Yagona ichki bozor» tushunchasiga izoh bering.
Manufaktura ishlab chiqarishi mehnat unumdorligining 
o‘sishini ta’minladi.
Shu tariqa Rossiya iqtisodiyotida ham asta-sekinlik bilan 
bo‘lsa-da, yangi — kapitalistik munosabatlar shakllana bordi.
Biroq Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda G ‘arbiy Yevropa 
mamlakatlaridan orqada edi. Bunga krepostnoylik tartibla- 
rining tobora mustahkamlanishi asosiy sabab bo‘ldi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin