sharoitida yashayotgan mahalliy
hindu xalqlari mamlakatning
ichkari hududlariga quvib yuborildi. Braziliyani xo‘jalik uchun
o ‘zlashtirish, asosan, Afrikadan keltirilgan qullar m ehnati
hisobiga amalga oshirildi.
Mustamlakalar uchun kurash.
Tez orada Yevropa davlatlari
o‘rtasida mustamlakalar uchun kurash boshlandi.
Bunga Ang-
liyada manufaktura ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi sa-
bab b o ‘ldi. Daromadi tobora ko‘payib borayotgan Angliya
burjuaziyasiga endi yanada yirik
korxonalar bunyod etish
uchun katta miqdorda boylik zarur bo‘lib, bu boylik mustam-
lakalardan olib kelinishi mumkin edi.
Qulay hududda joylashgan Angliya Buyuk geografik
kashfiyotlar tufayli dengiz savdo
yodlaridagi eng muhim davlat,
poytaxti London esa yirik port shahri b o ‘lib qoldi. M a
nufaktura ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida Ang
liya chetga katta miqdorda tovar chiqara boshladi va dengiz
savdosida Ispaniyaning asosiy raqibiga aylandi.
Bu hoi Angliya — Ispaniya munosabatlarining keskinla-
shuviga olib keldi.
Buning ustiga, Ispaniya boshqa davlat sav-
dogarlarining ispan mustamlakalari bilan savdo qilishini ta-
qiqlab qo‘ydi. Bu taqiq oxir-oqibatda Angliya — Ispaniya o‘r-
tasidagi urushga olib kelishi muqarrar edi. 1588-yilda ikki
davlat harbiy-dengiz flotlari o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘lib
o‘tdi. Unda Ispaniyaning «Yengilmas
armada»
deb
nomlangan
harbiy floti tor-m or etildi. «Yengilmas armada»ning halokati
Ispaniyaning dengizdagi qudratiga putur yetkazdi. Shu davr-
dan boshlab Angliya eng qudratli
dengiz davlatiga aylana
boshladi.
Dostları ilə paylaş: