International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
27
th
Nov. 2022
1
ASTRONOMIYADAN KEPLER QONUNLARI MAVZUSINI O’QITISHDA
KEYS-STADINI METODINI YECHIMI VA TAHLIL QILISH VARIANTI
O’.K. Sunnatova
Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti
G. I. Sayfullayeva
Navoiy davlat pedagogika
instituti dotsenti
Annotatsiya:
Ushbu maqola eshitish imkoniyati cheklangan o’quvchilarga astronomiya
fanidan “Kepler Qonunlari” mavzusini o’rgatish jarayonida Keys stadimetodidan
foydalanish haqida bo’lib, bunda ularning jismoniy, fiziologik holatlari, imkoniyatlari
inobatga olgan holda yondashiladi.
Kalit so’zlar:
Quyosh, Yer,
Kepler qonunlari, orbita, ellips, fokus, afeliy, perigeliy,
ekssentristet, radius vektor, aylanish davri, katta yarim o’q.
“Agar bolalar fikrlashga o'rganmasa, ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim
ham kerak. Ammo bilim o'z yo'liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”.
O’quvchilarni ana shu boylikning egasi qilib tayyorlash ta'lim
tizimining asosiy
vazifasini tashkil qiladi. Chunki, hozirgi kunda mustaqil - ijodiy fikrlash qobilyatiga ega
bo'lgan shaxsgina o'ziga ham, jamiyatga ham foydali bo'ladi-o'z muammolarini o'zi hal
qilish qobilyatiga ega bo'ladi.
Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo'llanayotgan keyslardan foydalanish,
birinchidan, talabalarning fikrlash qobilyatini rivojlantiradi,
ikkinchidan, o’quv
jarayonini bevosita ishlab chiqish bilan bog’laydi. Gerbert Spenser ta'kidlaganidek:
“Ta'limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o'rgatishdir”.
Yohud, mavjud ta'lim tizimida aksariyat hollarda o’qitishdan maqsad, o’quvchilarga
bilim berish yakuniy
natija sifatida qaralsa, jahon miqyosida esa, o'zlashtirilgan
bilimlarni amalda qo’llash ta'limning yakuniy natijasi deb qaralishini e'tirof etish lozim.
Keys
-stadidagi asosiy muammo:
Venera sayyorasining katta yarim o’qini topish.
Muammoli vaziyatni yechish yo’llari:
1.
Keys- stadi va uning axborot ta’minoti bilan tanishamiz.
Avvalo keys-stadi bilan tanishib chiqamiz. Unda yechilishi lozim bo’lgan
muammoni
aniqlash uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqamiz. Muammoni
yechish darajasini aniqlaymiz.
2.
Berilgan vaziyat bilan tanishamiz.