International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https :
econferencezone.org 27 th Nov. 2022 3
Keysning asosiy maqsadi: Kepler qonunlari yordamida o’quvchilarga , sayyoralarning
Quyosh atrofida aylanish siderik davri va katta yarim o’qini bir-biriga bo’liq holda
aniqlash usullarinini o’rgatish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
Kepler qonunlarini o’rganadi.
Orbita va ellips haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
Ellipsning fokusini aniqlashni o’rganadi.
Sayyoralarning afeliy va perigeliy nuqtalarini o’rganadi.
Sayyoralarning ekssentristet, radius vektor, aylanish davri va katta yarim o’qini
Kepler qonunlari yordamida aniqlash usullarini o’rganadi.
muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan o’quvchilar quyidagi
bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
O’quvchi bilishi kerak:
Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish siderik davri va katta yarim o’qini qiymatini.
O’quvchi amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o’rganadi;
- muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
- o’quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
- ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Raxmatillayev N. M. Umumiy Astronomiya kursi. Toshkent, o’qituvchi 1995 y.
2.
Rasulmuhamedov va boshq. Umumiy Astronomiya kursi, mexanika, Toshkent,
o’qituvchi 1989 y.
3.
Mamadazimov Mamadmusa. Astronomiya 11-sinf uchun darslik. Davr nashritoti
Toshkent-2018.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, hayotiy vaziyatlar asosida
bayon etilgan. Keysning asosiy obyekti shaxs va tajribaga yo’naltirilgandir. Bu tashkiliy
institusional keys bo’lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi
qisqa, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va
ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni
taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan Astronomiya fanini o’qitishda foydalanish mumkin.