252
11.6. Rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaviyligiga
baho berishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Rentabellik nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, u xo‘jalik yurituvchi
subyektning foydalilik
darajasini ifodalaydi. Shu sababli, rentabellik va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni
tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bugungi kunda iqtisodchi olimlarning ilmiy, o‘quv-uslubiy asarlarida
rentabellikning bir necha turlari hisob-kitob qilib o‘rganilgan. Jumladan:
1. Sotilgan mahsulot tannarxi rentabelligi. Bu ko‘rsatkich
mahsulot sotish
bilan bog‘liq bo‘lib, bir so‘mlik yoki ming so‘mlik sotilgan mahsulot tannarxi
hisobiga olingan foyda hajmini tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich mahsulot sotishdan
olingan yalpi foyda (YaF) summasini sotilgan mahsulot tannarxiga (IT) bo‘lish va
100 foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi:
R =
Yalpi foyda
x 100%
Sotilgan mahsulot tannarxi
2. Sotish rentabelligi. Bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulotlarning foydalilik
darajasini tavsiflaydi. Ya’ni, bir so‘mlik yoki ming so‘mlik
sotilgan mahsulot
hisobiga olingan foyda hajmini ifodalaydi. Mazkur ko‘rsatkich mahsulot sotishdan
olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum
summasiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi:
R =
Yalpi foyda
x 100%
Sotishdan olingan sof tushum
3. Asosiy vositalar rentabelligi. Bu ko‘rsatkich asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u bir so‘mlik
yoki ming so‘mlik asosiy vosita hisobiga to‘g‘ri
keladigan foyda hajmini
tavsiflaydi. U sof foyda summasini asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga
bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
R =
Sof foyda
x 100%
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
4. Joriy aktivlar rentabelligi. Bu ko‘rsatkich joriy aktivlarning har bir
253
so‘miga to‘g‘ri keladigan sof foyda hajmini ifodalaydi. Demak, ushbu ko‘rsatkich
sof foyda summasini joriy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish va 100
foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi:
R =
Sof foyda
x 100%
Joriy aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
5. Xususiy kapital rentabelligi. Bu ko‘rsatkich
xususiy kapitaldan
foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, uning har bir so‘miga
to‘g‘ri keladigan sof foyda hajmini tavsiflaydi. Uni aniqlash uchun sof foyda
summasini xususiy kapital summasiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish lozim:
R =
Sof foyda
x 100%
Xususiy kapital qiymati
6. Qarz mablag‘lari rentabelligi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz
mablag‘iga to‘g‘ri keladigan sof foyda hajmini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof
foyda summasini qarz mablag‘lari summasiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish
asosida aniqlanadi:
R =
Sof foyda
x 100%
Qarz mablag‘lari
7. Mol-mulk rentabelligi. Bu ko‘rsatkich xo‘jalik yurituvchi subyekt mol-
mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib,
u har bir
so‘mlik mol-mulk hisobiga to‘g‘ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.
Mazkur ko‘rsatkich sof foyda summasini jami mol-mulk qiymatiga bo‘lish va 100
foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi:
R =
Sof foyda
x 100%
Jami mol-mulk qiymati
Yuqoridagi rentabellik ko‘rsatkichlarini “Sharq” fermer xo‘jaligi
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lindi (11.7-jadval).