O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


mavjudlik, atributiv (aniqlovchi) va  munosabat hukmlarini ham bir-biridan farq qilish kerak. Mavjudlik



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

 
mavjudlik, atributiv (aniqlovchi) va 
munosabat hukmlarini ham bir-biridan farq qilish kerak.
Mavjudlik 
hukmlarda P – predikat S – sub‟ektning mavjudligini 
tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Bunda predmetlarning mavjud yoki mavjud 
emasligi aks ettiriladi. Masalan, “Toshkent davlat texnika universitetida 
muhandislik texnologiyalari fakulteti bor”.
Atributiv 
hukmlarda predmetga ma‟lum belgining tegishli ekanligi 
ifodalanadi. SHuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga 
kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb 
ta‟riflasa bo„ladi. 
Masalan: “Hamma daraxtlar o„simliklardir” va “Hech bir o„simlik 
hayvon emas”. Birinchi hukmda daraxtlarning o„simliklar sinfiga kirishi 
haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o„simliklar va hayvonlar sinfining 
o„zaro hech qanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. 
Munosabat
hukmlar hukmda ifodalangan predmetlar o„rtasidagi 
aloqani ko„rsatadi. Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o„rtasida muayyan 
munosabatlarning bo„lishi yoki bo„lmasligini ifodalagan hukmlarga 
munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: “Butun bo„lakdan katta”, “Ikki – 
uchdan kichik son”. Birinchi hukmda “kattalik” munosabati butun va 
bo„lak o„rtasida bo„lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki 
sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. 
Munosabat hukmlari sifatiga ko„ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga 
bo„linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o„zaro muayyan 
munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat 
hukmlarida esa predmetlar o„rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud 
emasligi haqida fikr bildiriladi. 
Munosabat hukmlari miqdoriga ko„ra ham turlarga bo„linadi. 
Xususan, ikki o„rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko„ra yakka-yakka, 


31 
umumiy-umumiy, 
xususiy-xususiy, 
yakka-umumiy, 
yakka-juz‟iy, 
umumiy-juz‟iy, juz‟iy-umumiy turlarga bo„linadi. 
Masalan: “Ukasi akasidan baland” (yakka-yakka); “Gruppamizning 
har bir talabasi fakultetimizdagi hamma o„qituvchilarni biladi” (umumiy-
umumiy); “Gruppamizdagi ba‟zi talabalar ba‟zi hind kino yulduzlarini 
yaxshi biladilar” (juz‟iy-juz‟iy). “Tarix o„qituvchisi gruppamizdagi har bir 
talabani yaxshi biladi” (yakka-umumiy); “Do„stim ba‟zi masalalarni yecha 
oladi” (yakka-juz‟iy); “Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini 
o„rganadilar” (umumiy-yakka); “Gruppamizdagi ba‟zi talabalar fransuz 
tilini o„rganadilar” (juz‟iy-yakka); “Gruppamizdagi ba‟zi talabalar 
“Paxtakor” komandasining har bir o„yinchisini biladilar” (juz‟iy-umumiy). 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin